Линклар

“Samarqanddagi qotillik ” Turkiyada chop qilindi


“Samarqanddagi qotillik ” asari Londonda sahnaga ham ko‘chgan edi. Suratda Nodira Myurrey, sobiq elchi Kreyg Myurreyning rafiqasi.

“Samarqanddagi qotillik ” asari Londonda sahnaga ham ko‘chgan edi. Suratda Nodira Myurrey, sobiq elchi Kreyg Myurreyning rafiqasi.

Britaniyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Kreyg Myurrey qalamiga mansub “Samarqanddagi qotillik ” asari Gumush Ilhomi tarafidan turkchaga tarjima qilinib Istanbulda chop qilindi.

Bundan oldin bu kitob “Iflos diplomatiya” degan nom ostida ko‘p nusxada AQShda chop etilgan edi.

2006 yil fevralda Buyuk Britaniyada avvaliga atigi 4 ming nusxada bosmadan chiqqan bu kitob jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgani sababli bir yil ichida 30 ming nusxada qayta nashr etildi va London hukumati yurg‘izaëtgan tashqi siyosat atrofidagi keskin bahslarga turtki bo‘ldi.

K.Myurrey Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘lib ishlagan 2002-2004 yillarda to‘plagan ma‘lumotlar, xususan, ingliz razvedkasining O‘zbekistondan London hukumatiga yo‘llagan maxfiy hujjatlari asosida ëzilgan “Samarqanddagi qotillik” kitobining Britaniya nashridan 15 maxfiy hujjat olib tashlangan edi.

Kitobning AQSh va Turkiyadagi nashriga Buyuk Britaniya razvedkasining Myurrey ihtiyoridagi O‘zbekistonga oid maxfiy hujjatlarining deyarli barchasi kiritildi.
XS
SM
MD
LG