Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 20:49

Braziliya 2014: Bugungi raqibimiz Tojikiston terma jamoasi


O'zbekiston terma jamoasi.
O'zbekiston terma jamoasi.
15 noyabr kuni Toshkentning "Paxtkor" markaziy stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tojikistonlik futbolchilar bilan maydonga tushadi.

Ushbu bellashuv futbol bo‘yicha 2014 yili Braziliyada o'tadigan Jahon chempionatining uchinchi davra saralash o‘yinlari doirasidagi 5-uchrashuvdir.

Tojikiston termasiga qarshu bugungi o'yin javob uchrashuvidir. Esingizda bo'lsa, 2 sentabr kuni Tojikistonda o'tkazilgan o'yinda O'zbekiston terma jamoasi 0:1 hisobi bilan g'alaba qozongan edi.

Futboldagi "o'z uyingda devorlar ham yordam beradi" naqliga qaramasdan O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov bugungi o'yin oson kechmasligini aytib o'tdi.

- Milliy terma jamoa bu - milliy terma jamoa. Undan tashqari qayd etiladigan natija FIFA reytingida ham katta rol o‘ynaydi. Undan tashqari tojiklar ham o‘z muxlislari oldida vatan sha‘ni uchun maydonga chiqadilar. Shunday ekan bu o‘yin oson kechadi degan fikrdan yiroqman, - dedi Vadim Karlenovich 14 noyabr kuni o'tgan matbuot anjumanida.

Futbol bo‘yicha 2014 yil Jahon chempionatining uchinchi davra saralash o‘yinlarida o‘zbek futbolchilari Tojikistondan tashqari Yaponiya va Shimoliy Koreya terma jamoalari bilan o'lim guruhi deya nom olgan "C" guruhida bellashmoqda.

2012 yilning 29 fevraliga qadar davom etadigan bellashuvlar natijasida guruhdagi ikkita eng sara jamoa keyingi bosqichga chiqadi. Eslatamiz, 10 ochko to'plashga ulgurgan O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalari uchun guruhdan chiqish masalasi hal qilib bo'lindi.

O'yin G'alaba Durang Ochko
1. Yaponiya 5 3 1 10
2. O'zbekiston 4 3 1 10
3. Shimoliy Koreya 5 2 0 6
4. Tojikiston 4 0 0 0

O'zbekiston - Tojikiston uchrashuvini Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan hakamlar guruhi boshqaradi.

"Yosh to'lqin" tahririyati Vadim Abramov shogirdlariga omadlar tilab qoladi!
XS
SM
MD
LG