Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:06

"Manchester United" 5 yashar bolakay bilan shartnoma imzoladi


"Manchester United" futbol klubi bosh murabbiyi Aleks Fergyuson.
"Manchester United" futbol klubi bosh murabbiyi Aleks Fergyuson.
Angliya Premyer-ligasining yetakchi klublaridan biri "Manchester United" 5 yashar Charli Jekson bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar beradi.

Xabarga ko'ra, ayni damda Charli "qizil iblislar" mashg'ulotlarida haftada bir marotaba qatnashmoqda. Charli bilan tuzilgan shartnomaning tafsilotlari hozircha e'lon qilingani yo'q.

Jeksonlar oilasi Manchester shahrining Denton nomli qismida istiqomat qiladi. "Manchester"ning mashg'ulotlari bilan birga yosh sportsmen Footytotz futbol maktabiga qatnaydi. Aytishlaricha Charlining futbol maktabiga borishiga uning onasi sababchi bo'lgan. Chunki Kler Jekson o'g'ilchasining to'p tepishga qo'ygan muhabbatini birinchilardan bo'lib sezgan.

Aslida Charli 3 yoshga kirganidayoq "Manchester United"ning sakutlari, ya'ni yangi iste'dodlar qidiruvchi xodimlari e'tiboriga tushgan edi. Kichkintoy Jekson uni ikki yil davomida uni kuzatib borgan skautlarni nihoyat o'z mahoratiga ishontirgan ko'rinadi.

Jeksonlar oilasi esa "Manchester United"ning jiddiy raqiblaridan bo'lmish "Manchester City" klubiga ishqibozlik qiladi. Charlining otasiga ko'ra, uning o'g'li ham "City"ning fanatlaridan.

Kichkintoy Charli Jeksonning kelajakda qanday o'yinchi bo'lib yetishini esa faqat vaqt ko'rsatadi. Biz esa o'zbekistonlik "Charli Jekson"ning ham katta klublar e'tiboriga tushishini tilab qolamiz.
XS
SM
MD
LG