Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:06

O‘zbekiston mehmondo‘st mamlakatlar qatorida


Internet so‘rovdan O‘zbekiston eng mehmondo‘st mamlakat ekani ayon bo‘ldi.
Internet so‘rovdan O‘zbekiston eng mehmondo‘st mamlakat ekani ayon bo‘ldi.
Bestnationality.com nashri o‘tkazayotgan so‘rovning old uchligidan o‘rin olgan O‘zbekiston dunyodagi eng mehmondo‘st davlat, deya e‘tirof qilindi.

Dunyodagi eng yaxshi millat degan savolga 45 kun davomida javob izlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan bu nashr mushtariylari Gruziya¸ Qozog‘iston va O‘zbekistonga eng ko‘p ovoz berishdi.

17 noyabr tongida O‘zbekiston uchun 165562 ovoz berilgandi. Ayni paytda Gruziya 563806 ovoz, Qozog‘iston esa 319650 ovoz qozondi.

Dunyoning barcha davlatlari bayroqlari aks etgan bu so‘rovda eng kam ovozni Kot-d-Ivuar oldi. Bu mamlakat uchun 24 ovoz berilgan, xolos.

So‘rovda mamlakat ta‘rifiga oid 12 savol kiritilgan. Ovoz beruvchilar O‘zbekistonni mehmondo‘st, deb topganlar.

Mehnatkash¸ Go‘zal¸ Vatanparvar¸ Quvnoq ¸ Aqlli¸ Sportchi degan ta‘riflar O‘zbekistonga kamroq loyiq ko‘rilgan.

Madaniyatli¸ Baxtiyor¸ Sayohatchi¸ Ichuvchi va Badavlat ta‘riflari O‘zbekistonni belgilamasligi so‘rovdan ayon bo‘lgan.

So‘rovda ijtimoiy tarmoq orqali ishtirok qilish mumkin. So'rov qoidalariga ko'ra, ishtirokchi bir kompyuterdan bir sutkada faqat bir marta ovoz berishi mumkin. Bir kunda bir martadan ko'proq ovoz berish uchun so'rov tashkilotchilari berlgilagan to'lovni to'lash kerak bo'ladi.

Butun dunyo bo‘ylab o‘tayotgan bu so‘rovda eng faol qatnashchi sifatida Toshkentning Sergeli mavzesidan Olmos ismi yuzer peshqadamlik qilmoqda.

So‘rov yana 45 kun davom etadi. Siz ham ushbu link orqali o'zingiz sevgan mamlakat uchun ovoz berishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG