Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 00:41

Papa va imom o‘pishgani tasviri reklamadan olib tashlandi


Rasmiy Vatikan o‘z siymosi beg‘ubor bo‘lishini istaydi.
Rasmiy Vatikan o‘z siymosi beg‘ubor bo‘lishini istaydi.
Italiyadagi kiyim kechak shirkati Benetton Rim papasi imom bilan o‘pishayotgani aks etgan reklama plakatlarini qaytarib oldi.

Bu plakatlar Vatikan noroziligiga uchragan edi.

Vatkan rasmiylari fotomontaj vositasida Rim papasini musulmon imomidan bo‘sa olganini tasvirlash yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada jiddiy hato ekanini bildirishdi.

Vatikan kiyim shirkati bu reklamadan voz kechmasa mahkamaga tortilishini aytdi.

Kiyim shirkatiga ko‘ra bu plakat toqatsizlik va milliy asosdagi nafratning barcha ko‘rinishlariga qarshi qaratilgan.

Bu plakatlar turkumida Frantsiya prezidenti Nikolya Sarkozi Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan¸ Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Falastin lideri Mahmud Abbos bilan o‘pishgani aks etgan.

Bu turkumga oid plakatda AQSh prezidenti Barak Obamaning Venesuela lideri Ugo Chavesdan otashin bo‘sa olayotgani ham aks etgan.

Italiyaning Benetton shirkati bundan oldin ham reklama bilan bog‘liq janjal markazida bo‘lgan edi.

Taniqli fotosuvratchi Oliver Toskani Benetton reklamasida o‘limga mahkum mahbuslar va OITSdan o‘layotgan kasallarni aks ettirgani janjalga sabab bo‘lgan edi.
XS
SM
MD
LG