Линклар

logo-print
Olti yil bir yostiqqa bosh qo‘ygan amerikalik akterlar Demi Mur va Eshton Katcher bir birlaridan ayrilishga qaror qilishdi.

Akterlarning nikoh to‘yi 2005 yilning sentyabrida o‘tgan edi.

49 yashar Demi Mur va 33 yashar Ketcherning zoxiran mustahkam ko‘ringan oila koshonasi darz ketgani keyingi paytda sariq matbuotning bosh mavzusiga aylandi.

Ajralish sababi sifatida Eshton Ketchenning vafosizligi aytilmoqda.

Katcherning bu boradagi bayonotini chop qilgan nashrlarning tiraji ortgan.

O‘z navbatida Demi Mur “Chuqur qayg‘u va yurakdagi huzun bilan Eshtondan ayrilmoqdaman”, deb yozdi.

Eslatamiz, Eshton Katcher Twitter mikroblog xizmatidagi eng mashhur yuldurzlardan biridir.
XS
SM
MD
LG