Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:34

Sobiq o‘zbek militsioneri: "Men terrorchi emasman"


2002 yilda Norvegiyaga qochqin sifatida kelgan sobiq toshkentlik militsioner Alisher Abdullayev o‘z ismini Devid Yakobsen qilib o‘zgartirgan.
2002 yilda Norvegiyaga qochqin sifatida kelgan sobiq toshkentlik militsioner Alisher Abdullayev o‘z ismini Devid Yakobsen qilib o‘zgartirgan.
Oslo mahkamasida terrorchi sifatida sud qilinayotgan iroqlik kurd¸ xitoylik uyg‘ur va o‘z ismini David Yakobsen deb atagan toshkentlik o‘zbek Alisher Abdullayev o‘zlariga qo‘yilgan ayblarni rad qilishdi.

Ularga Shimoliy Yevropada terroristik akt sodir qilish aybi ilgari surilgan.

Tergov paytida sudlanuvchilardan biriga tegishli joydan portlovchi moslama uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan vodorod va atseton topilgan.

Ayblovga ko‘ra sudlanuvchilar xajvchi rassom Kurt Vestergaardni o‘ldirmoqchi bo‘lishgan.

Ayblanuvchilardan biri O‘zbekistonlik Yakobsen ham mahkama chog‘ida ayblovni rad qilgan.

2002 yilda Norvegiyaga qochqin sifatida kelgan sobiq toshkentlik militsioner Alisher Abdullayev o‘z ismini Devid Yakobsen qilib o‘zgartirgan.

U o‘z mamlakatida uni ta‘qib qilishlari xavfi borligiga norveg migratsiya xizmatini ishontira olmagan va siyosiy qochqinlik uchun rad javobini olgan.

Keyinchalik u Norvegiyada fuqaroligi bo‘lgan chechenga uylangach yashash huquqini qo‘lga kiritgan.

Tergov hujjatlariga ko‘ra Alisher Abdullayev bomba uchun zarur bo‘lgan kimyoviy moddalarni yetkazib bergan.

Sobiq o‘zbek militsionerining advokati Rene Ibsen o‘z mijozi bu kimyoviy moddalar bomba uchun atalganini bilmagan deya sudda gapirgan.
XS
SM
MD
LG