Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:53

O‘zbekistonlik rassom asari London kim oshdi bozorida


Rassomning "Anorli choyxona" asari Moskvada saqlanadi.
Rassomning "Anorli choyxona" asari Moskvada saqlanadi.
O‘zbekistonlik rassom. Turkiston avangard yo‘nalishi asosochilaridan biri Aleksandr Volkovning “Ko‘ksuv daryosi” asari Londondagi Christie's auktsioniga qo‘yildi.

1914 yilda chizilgan bu rasmning kim oshdi savdosidagi dastlabki narhi 400 ming funt sterling qilib belgilandi.

Kim oshdi savdosi Christie's ning Londondagi zalida 28 noyabr kuni bo‘ladi.

Ko‘rgazmaga qo‘yilgan asar rassomning ilk davriga hos bo‘lib¸ ranglarning yorqinligi bilan farqlanadi.

Bu rasm shu paytgacha rassom oilasida saqlanib kelgani bildirildi.

Aleksandr Volkov 1886 yili Farg‘onada vrach oilasida tug‘ildi.

Rassomning “Anorli choyxona”¸ “ Karvon” kabi asarlar Turkiston avangardi deb nom olgan yo‘nalishning yorqin namunasi o‘laroq ko‘riladi.

1940 yilda rassom formalizm va g‘arbga taqlid qilishda ayblanadi. Volkovning rassom hamkasblari va shogirdlari undan yuz o‘giradi.

Rassom uzoq vaqt O‘zbekiston badiiy hayotidan ihotalangan holda yashaydi.

1957 yili rassom 70 yoshida Toshkentda g‘arib bir tarzda olamdan o‘tdi.
XS
SM
MD
LG