Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:13

Yangiyo‘lda aqiqaga yig‘ilgan 16 kishi vahhobiy, deb qamaldi


29 yoshli Shahlo Xolmatova turmush o‘rtog‘i va boshqa sudlanuvchilar tazyiq ostida o‘z ayblariga qiror qildirilganiga shubha qilmaydi.
29 yoshli Shahlo Xolmatova turmush o‘rtog‘i va boshqa sudlanuvchilar tazyiq ostida o‘z ayblariga qiror qildirilganiga shubha qilmaydi.
6 yildan 12 yillik qamoq jazosi berilgan mahkumlar aqiqaga yig‘ilib, ekstremistik mavzuda suhbatlashganlikda ayblandi.

17 noyabr kuni Toshkent viloyatining Yangibozor shahrida Jinoiy ishlar bo‘yicha Yuqori Chirchiq tuman sudida o‘tgan mahkamada yana 16 kishi ustidan hukm o‘qildi.

Sud hukmiga binoan 24 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yangiyo‘llik yigitlarga O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 244-2, 159-, 223-moddalariga binoan taqiqlangan diniy tashkilotlar tuzish, ularga a‘zolik qilish va konstitutsion tuzumga tajovuz qilish, shuningdek, O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tish kabi ayblovlar qo‘yilgan.

6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan yangiyo‘llik 32 yoshli Ismoil Xolmatovning rafiqasi Shahlo Xolmatova bu ayblovlarning hammasini soxta, turmush o‘rtog‘ini esa aybsiz, deb hisoblashini aytadi.

- Turmush o‘rtog‘imning bittagina aybi bo‘ldi. Aytaymi sizga, bu nima ayb: u bitta o‘rtog‘ining aqiqasiga borib qo‘ygan. Ayblovda ham, boshqa qog‘ozlarda ham shu gap. Bular aqiqaga yig‘ilib, shunaqa ekstremistik, terroristik gaplarni gaplashishgan emish. Turmush o‘rtog‘imam, boshqalari ham aqiqada bunaqa gap bo‘lmagan, deyishdi,- deydi Shahlo Xolmatova.

Unga ko‘ra, sudda sudlanuvchilar "aybiga iqror" bo‘lganlar. Lekin bu ayol iqrorlik ko‘rsatmalari tazyiq ostida berilganiga shubha qilmasdigini aytmoqda.

- Avvalgi sudda mening xo‘jaynimam, boshqalari ham "Bunaqa gaplar bo‘lmagan, unaqa ekstremistik gaplar bo‘lmagan", deb aytishgan edi. Advokatlar ham rosa berilib, ularni himoya qildi. Biz yaxshi bo‘ldi, ularni himoya qilib olib chiqib ketamiz endi, degan ishonch bilan ketgan edik,- deydi Shahlo Xolmatova.

Ammo unga ko‘ra, 17 noyabr kungi mahkamada avvalgi mahkamada bo‘lgan vaziyatga mutlaqo teskari vaziyat kuzatilgan.

- Bugun kelsak, 16 tasining hammasi yerga qarab o‘tiribdi. Oxirgi gap berilganda mening xo‘jaynim ham "Hamma ayblarga iqrorman, kechirim so‘rayman", dedi. Bittasi ham odamlarga tik qaramadi. Shu bilan sud hammasini qamavordi. Xuddi teatr tomosha qilganday bo‘ldik,- deydi Shahlo Xolmatova.

Uning aytishicha, aslida tilga olingan aqiqa marosimi 2008 yilda bo‘lib o‘tgan. Aqiqani o‘tkazgan xonadon sohibi o‘tgan yili 20 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va u iqrorlik ko‘rsatmasida hamma aybni o‘z zimmasiga olgan.

- O‘sha bola sudda: "Bunaqa gaplarni faqat men gapirdim va bu bolalar mening gapimni ma‘qullamadi. Qaytangga menga qarshi chiqib, meni to‘g‘ri yo‘lga solmoqchi bo‘ldi", degan. Ammo, buni birov eslamadi va u bola bilan yuzlashtirishni so‘radik, yuzlashtirishmadi,- deydi Shahlo Xolmatova.

Shu tariqa, oxirgi majlisda sudlanuvchilarning oqlanishiga umid qilib kelgan yaqinlari va advokatlarning kutilmagan mazmundagi sud hukmiga e‘tiroz qilishiga imkon ham berilmagani aytilmoqda.

Qamalganlarning yaqinlari sud hukmidan norozi bo‘lib mahkama binosi tashqarisida katta janjal ko‘targan.

Sud majlisini kuzatgan O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur‘at Ikromov sud binosi tegrasini qo‘riqlab turgan kuch ishlatar tuzilmalari xodimlari soni favqulodda ko‘p bo‘lganiga e‘tibor qaratdi.

- Sudning atrofida juda melisa ko‘p edi. Tomlarga ham chiqib o‘tirishibdi. 16 kishining orqasidan kelganlarning soni ham 30 dan ortiq odam. Sudning bunaqa asossiz hukmidan keyin tashqarida janjal boshlanib ketdi. Ayollar baqir-chaqir qilib, yig‘i-sig‘i bilan melisalarni qarg‘ab, rosa to‘palon qilishdi,- deydi Sur‘at Ikromov.

U bilan birga mahkamani kuzatish uchun borgan boshqa huquq faollari ham sudga qo‘yilmagan.

Ammo, sudlanuvchilarning yaqinlari taqdim qilgan hujjatlar, ulardan olingan ko‘rsatmalar, ayblov xulosasi va sud hukmini o‘rganib chiqqan Sur‘at Ikromov hukmni mutlaqo asossiz, deb baholadi.

- Mutlaqo asossiz. Bu shundoq ko‘rinib turibdi. Har doimgiday na advokat, na boshqaga quloq solingan. Agar tasodifan xabar topmaganimizda, bu yopiq suddan ham bexabar qolgan bo‘lardik,- deydi O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur‘at Ikromov.
XS
SM
MD
LG