Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:38

O‘zbekistonda Rossiyaga geroin olib ketayotgan kontrabandachi qo‘lga tushdi


O‘zbekiston MXXning Davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasi xodimlari Rossiya Federatsiyasiga giyohvand moddalar olib ketayotgan kontrabandachini qo‘lga oldi.

Regnum axborot agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston chegarachilari 19 noyabr kuni “Sariosiyo” chegara punktida “Ko‘lob-Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan poyezddagi Tojikiston fuqarosidan 1,5 kilogramm geroin topib, uni musodara qilgan.

Surxondaryo viloyati huquq-tartibot organlari voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston chegarachilariga ko‘ra, faqat joriy yilning uchinchi choragida temir yo‘l va avtomobil yo‘llaridagi tekshiruv punktlarida 12 marta Tojikistondan yashirincha narkotiklar olib o‘tishga uringan shaxslarni qo‘lga olgan.
XS
SM
MD
LG