Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:19

Putin "Olimpiyskiy"da norozilik hayqiriqlari ostida qoldi


Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin ringda.
Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin ringda.
Rossiya Bosh vaziri Valdimir Putin Moskvadagi "Olimpiyskiy" sport majmuasi ringiga chiqganda aksar tomoshabinlar tarafidan norozilik hayqiriqlari bilan kutib olindi. Taniqli sportchi Fyodor Yemelyanenko jangini tomosha qilgani kelganlar Putinning nutqini xushtak chalib inkor etishdi.

Putin aralash yakkakurash bo'yicha jahon chempioni rossiyalik Fyodor Yemelyanenkoning amerikalik sportchi Jef Monsonga qarshi jangini tomosha qilgani kelgan edi. Atigi uch raund davom etgan jangdan so'ng oldindan rejalanmagan chiqish qilgan Bosh vazir Yemelyanonki tabriklar ekan, uni "haqiqiy rus pahlavoni" deya atadi.

To'satdan ringda paydo bo'lgan Vladimir Putin boshida tomoshabinlar tarafidan qarsaklar bilan kutib olindi. Biroq Putining ringdagi nutqi, qisqa bo'lishiga qaramasdan, xushtaklar ostida qoldi.



Putin so'nggi kunlarda Rossiya televideniesida taniqli sportchi va san'atkorlar davrasida tez-tez ko'rinish bermoqda. Tahlilchilar esa buni 2012 yilga belgilangan prezident saylovlariga tayyorgarlik bilan bog'lamoqda.

18 noyabr kuni esa konkida uchishni o'rgangani endi bir necha oy bo'lgan Vladimir Putin Rossiya xokkeyining afsonaviy veteranlari bilan muz ustiga chiqdi. Mashg'ulotlar davomida Bosh vazir shaybani ikki marotaba sobiq professional xokkeychi qo'riqlayotgan darvoza to'riga joyladi.
XS
SM
MD
LG