Линклар

logo-print
21 noyabr kuni Orenburg viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tarqatgan rasmiy ma‘lumotda aytilishicha, O‘zbekiston fuqarosi Orenburg shahrida ijarada turgan xonadonlardan birida maxsus guruh xodimlari tomonidan hibsga olingan.

Orenburg politsiya boshqarmasi ismi oshkor qilinmayotgan bu shaxsning jinoiy faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar O‘zbekistondan yuborilganini ma‘lum qildi.

Ma‘lum bo‘lishicha, hozirda 24 yoshli o‘zbekistonlik bu yigit Orenburgning 1-raqamli Tergov izolyatorida saqlanmoqda. Uning Rossiya hududida boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

“Tekshiruv yakunlanganidan keyin, O‘zbekiston fuqarosi o‘z yurtiga ekstraditsiya qilinadi” – deyiladi Orenburg IIBsi rasmiy xabarnomasida.
XS
SM
MD
LG