Линклар

logo-print

Ukrainada o‘zbek avtomobillariga cheklovlar kuchga kirdi


O‘zbek mashinalari narxi va sifati jihatidan ukrainalik avtoxavaskorlari ko‘ngliga mos, deydi mutaxassislar.

O‘zbek mashinalari narxi va sifati jihatidan ukrainalik avtoxavaskorlari ko‘ngliga mos, deydi mutaxassislar.

15 noyabrdan boshlab Daewoo avtomobillarining O‘zbekistondan Ukrainaga importi yiliga 3 donani tashkil etadi. Shu tariqa Ukraina Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda ukrain avtomobillari sotilishiga to‘siqlar qo‘yilganiga o‘z noroziligini bildirmoqda.

15 noyabrdan boshlab Daewoo avtomobillarining O‘zbekistondan Ukrainaga importi yiliga 3 donani tashkil etadi. Shu tariqa Ukraina Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda ukrain avtomobillari sotilishiga to‘siqlar qo‘yilganiga o‘z noroziligini bildirmoqda.

Shu yilning oktyabr oyida Ukraina Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasidan yengil avtomobillar importiga litsenziya va kvotalar rejimini joriy qilish to‘g‘risida” № 1073 - sonli qaror qabul qildi.

Unga binoan, O‘zbekistonda ishlab chiqilgan Daewoo Matiz, Nexia va Lacetti avtomobillarining Ukraina bozorida sotilishi keskin tarzda cheklandi. Kiyev hukumati o‘z qarorini O‘zbekistonda ukrain avtomobillari sotilishiga to‘siqlar qo‘yilgani bilan izohlagan edi.

Kiyevdagi AUTO-Consulting axborot-tahlil markazi direktori Oleg Omelnitskiy Toshkent rasmiylarining qarori bois joriy qilingan cheklovlar o‘zbek avtomobillari savdosi bilan shug‘ullanayotgan mahalliy tadbirkorlarga qimmatga tushmoqda, deydi.

“Ukrainadagi savdo operatorlari va import bilan shuhullanuvchi tadbirkorlar hukumatning bu qaroridan jiddiy sarosimaga tushib qoldi”, deydi Omelnitskiy.

- Ular o‘zbek hukumatidan Ukraina avtomobillariga qo‘llanilayotgan cheklovlarning bekor qilinishi haqida muayyan kafolatlar olishga urinib ko‘rdi. Ammo, mening bilishimcha, Toshkentdan bu masala yuzasidan hech qanday javob kelmagan. Har holda bu yerda, Ukrainada, O‘zbekiston hukumatining bu cheklovga nisbatan biror reaktsiyasi kuzatilmadi. Demak bu cheklov 2014 yilning noyabrigacha amal qiladi, - dedi tahlilchi Oleg Omelnitskiy.

Shunday qilib, 2011 yilning 15 noyabridan dilerlar bir yilda dvigatel hajmi 1000 sm³ bo‘lgan Daewoo Matiz, dvigatel hajmi 1000-1500 sm³ bo‘lgan Daewoo Nexia va dvigatel hajmi 1500 sm³ ziyod bo‘lgan Daewoo Lacetti avtomobillaridan 1 donadan olib kirishlari mumkin bo‘ladi.

Ukrainada o‘zbek avtomobillari savdosi bilan shug‘ullanadigan “UzAvto-Kiyev” shirkatining o‘zini Sherzod, deb tanishtirgan xodimi Ozodlik Radiosiga hozircha omborlarda o‘zbek avtomobillari yetarli ekanini aytadi.

- Hozircha omborlarimizda 3000, balkim kamroq avtomobillarimiz bor. Mashinalar hozircha yetarli. Ungacha mamlakatlarimiz kelishib olib muammolar bartaraf etilishiga ishonamiz. Tushunasizku, bu yerda siyosiy-iqtisodiy kelishmovchiliklar sabab bo‘lmoqda. Lekin bizning avtomobillarimiz o‘z toifasida narx va sifat ko‘rsatkichlari nuqtai nazaridan eng ilg‘or hisoblanadi. Misol tariqasida Matizimiz narxi 47 ming grivna bo‘lsa, shu toifadagi Nissan yoki Xyonday avtomobillari 100 ming grivnaga yaqin, - deydi “UzAvto-Kiyev” shirkatining menedjeri Sherzod.

Uning aytishicha, joriy qilingan cheklovlar faqatgina Daewoo markasidagi avtomobillariga taaluqli bo‘lib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, masalan, Chevrolet mashinalari yoki Otoyol avtobuslari kabi boshqa transport va texnika vositalari hech qanday to‘siqsiz Ukrainaga kiritilmoqda.

Tahlilchilar joriy etilgan cheklovlar o‘zbek avtomobillariga bo‘lgan narxlarning keskin oshib ketishiga olib kelishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Biroq, AUTO-Consulting axborot-tahlil markazi direktori Oleg Omelnitskiy bu fikrga qo‘shilmasligini aytadi.

- Menimcha, UZ-Daewoo mashinalari narxlari o‘smaydi, chunki 15 noyabrdan bu shirkat Ukrainaga o‘z avtomobillarini import qila olmaydi. Shu bois, ular, ma‘lumotlarimizga ko‘ra, omborlarida qolgan 2-3 oyga yetarli avtomobillarini sotib tugatadi va keyingi yilning yanvar oyi o‘rtalariga narxlarni oshirishning hojati ham qolmaydi,- deydi iqtisodiy tahlilchi.

Oleg Omelnitskiyga ko‘ra, bu cheklovlar 2014 yilda qadar amal qilishiga qaramasdan, ukrain bozoridan siqib chiqarilgan UZ-Daewoo 3 yil davomida xaridorlarning esidan chiqib ketishi va o‘z nomini qayta tiklash uchun ko‘p vaqt va harajat sarflashini aytdi.

“Axir, ukrain avtomobillariga O‘zbekistonda qo‘yilgan aktsizlar kamaytirilmasa, hukumat o‘z qarorini yana uzaytirishi va zarur bo‘lsa boshqa turdagi o‘zbek avtomobillariga joriy qilishi mumkin”,- deya tahmin qildi AUTO-Consulting axborot-tahlil markazi direktori Oleg Omelnitskiy.

AUTO-Consulting ma‘lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda Ukraina O‘zbekistondan 3109 ta, joriy yilning 9 oyi davomida esa 5205ta avtomobil import qilgan.

“UkrAvtoprom” assotsiatsiyasi rasmiy ma‘lumotlariga ko‘ra, avtomobil savdosi hajmi jihatidan Ukrainada 13 o‘rinda ketayotgan UZ-Daewoo 2010 yilning sentyabrida 307, 2011 yilning sentyabrida esa 741 dona avtomobil sotgan.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga nafaqat Ukraina, balki Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Moldova, Belarusda ham talab yuqori.

2010 yilda Gruziya, Armaniston, Turkmaniston, Afg‘onistonda o‘zbek avtomobillari uchun sotuv shoxobchalari ochildi.

AUTO-Consulting ma‘lumotiga ko‘ra, joriy yilning sentyabrida UZ-Daewoo mashinalarining Ukraina avtomobil bozoridagi ulushi qariyb 4 foizni tashkil etgan va har oyida o‘rtacha 18 foizga oshib borgan. Tahlilchilar bozorning bu qismini Xitoy avtmobillari egallashi mumkinligini taxmin qilmoqda.
XS
SM
MD
LG