Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:50

Qohiradagi to‘qnashuv qurbonlari soni 24 kishiga yetdi


Egypt -- A riot policeman aims a shotgun with rubber bullets at protesters, next to a plainclothes policeman during clashes in a side street near Tahrir Square in Cairo, 21Nov2011
Egypt -- A riot policeman aims a shotgun with rubber bullets at protesters, next to a plainclothes policeman during clashes in a side street near Tahrir Square in Cairo, 21Nov2011
Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi Qohirada namoyishchilar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda yakshanba kundan buyon kamida 22 kishi qurbon bo‘lgani, 1 ming 750 ga yaqin odam jarohatlanganini ma‘lum qildi.

Ammo, Qohiradagi markaziy o‘likxona rasmiylaridan olingan ma‘lumotga ko‘ra, so‘nggi uch kun ichida bu muassasaga 24 kishining jasadi keltirilgan.

Mamlakat televideniyesi Tahrir maydoniga yig‘ilgan namoyishchilarga qarata politsiyaning yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlarni qo‘llayotgani aks etgan kadrlarni namoyish qildi.

Tahrir maydonidagi namoyishlarga yakshanba kuni qo‘shilganini aytgan 23 yoshli Ahmad Ayyad harbiylar zo‘ravonligidan dahshatga tushganini aytmoqda.

- Odamlarning otilayotgani va o‘ldirilayotgani televideniyeda namoyish etilayotganining o‘ziyoq dahshat. Hukumatdagilar nima bo‘layotganini yaxshi tushunmayotganga o‘xshaydi. Ular biz hech kimni o‘ldirmadik, deb turgan paytda bu qotilliklar televideniyeda dunyoga namoyish qilinmoqda, - deydi Tahrir maydonidagi namoyishchilardan biri.

Namoyishchilar mamlakat boshqaruvini vaqtincha qo‘liga olgan harbiy rahbarlar o‘z salohiyatini kuchaytirishidan xavotir bildirib, mamlakat boshqaruvini fuqaroviy rahbarga topshirishni talab qilmoqda.

Bir haftadan so‘ng mamlakatda parlament saylovlari bo‘lib o‘tishi kutilayotgan edi.
XS
SM
MD
LG