Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:11

Chagayev yanvar oyida ringga qaytadi


Russia -- Ruslan Chagaev, heavyweight boxer from Uzbekistan, in a ring against Aleksandr Povetkin of Russia, 29Aug2011
Russia -- Ruslan Chagaev, heavyweight boxer from Uzbekistan, in a ring against Aleksandr Povetkin of Russia, 29Aug2011
Boks bo‘yicha og‘ir vazndagi sobiq jahon chempioni o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev 2012 yil 21 yanvar kuni ringga qaytadi.

Bu haqda Universum Box-Promotion promouterlik kompaniyasi sohibi Valdemar Klyuks ma‘lum qildi.

Sportbox.ru internet nashri xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik boksyor ishtirokidagi jang Germaniyaning Shtudgart shahrida bo‘ladi.

Chagayevning raqibi hozircha ma‘lum emas. Klyuksga ko‘ra, uning ismi yaqin fursatda e‘lon qilinadi.

Ruslan Chagayev WBA – Jahon boks uyushmasining “vaqtinchalik” jahon chempioni unvoni uchun 27 avgustda bo‘lgan jangda rossiyalik Aleksandr Povetkinga boy berdi.

33 yoshli Chagayev professional ringda 30ta jang o‘tkazib 27tasida g‘alaba qozongan, 2ta o‘yinda yutqazgan va bir o‘yin durang natija bilan tugagan.
XS
SM
MD
LG