Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:23

Facebook mobil telefon ishlab chiqaradi


Dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoq Facebook endi smartfon ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda "All Things Digital" texno-blogi Facebookdagi anonim manbaga asoslanib xabar ermoqda.

Facebook o'zining smartfonini "Buffy" deya nomladi. Xabarga ko'ra, "Buffy"da zamonaviy mobil telefonlarda bo'lgan barcha qulayliklar bilan birgalikda, Facebook sayti bilan ishlash funksiyalari o'rnatilgan bo'ladi. Ya'ni, telefonning asosini Facebook sayti bilan bog'lab turuvchi dasturlar tashkil qiladi.

Boshida Samsung va boshqa bir qator mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi shirkatlar bilan muzokara olib borgan Facebook "Buffy"ni HTC shirkati bilan birgalikda ishlab chiqarishni maqul topdi.

"Buffy" ning operatsion tizimi Facebookga moslashtirilgan Google ning Android tizimi bo'lishi aytilmoqda. Bu esa Google raqobatchisi, iPhone telefonlarini ishlab chiqaruvchi Apple shirkati uchun yana bir zarbadir.

Facebook mobil telefoni 10-12 oy ichida sotuvga chiqishi tahmin qilinmoqda.

Ayni damda Facebook tarmog'ida 800 milliondan ziyod foydalanuvchi bor. Ularning 95 mingini o'zbekistonlik foydalanuvchilar tashkil qiladi. Tarmoq bergan ma'lumotga ko'ra, 350 million foydalanuvchi Facebookga mobil moslamalar orqali kiradi.
XS
SM
MD
LG