Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:43

Imom Ismoil al-Buxoriy ziyoratgohi


Yaqinda Ozodlik muxlisi Samarqanddagi mashhur ziyoratgohda bo‘lib qaytdi. U taqdim etgan suratlarni e‘tiboringizga havola qilamiz.

Sovet davrida ziyoratgohga asosan hajga borishni orzu qilganlar tashrif buyurishgan.

Bu joyga turistlar olib kelinmagan. Xrushchyov davrida bu yerga qaysidir musulmon davlatining hukumat boshlig‘i kelgani aytiladi.

O‘zbekistonning aksar obidalari kabi bu yer ham archalardan holi emas.

Ziyoratgohga tashrif buyurganimda meni uch narsa hayratlantirdi.

Birinchisi, maqbaraning qayta ta‘mirlash uchun yopilgani.

Ikkinchisi, O‘zbekistonda erkaklar va ayollarning bir masjidda ibodat qilayotgani.

Uchinchisi, ziyoratgohga kiraverishda harbiy kiyimdagi odamlarning turgani. Kim biladi balki terroristlar ibodat bahonasida kelib ...

1998 yilda butunlay yangidan qurilgan Imom al-Buxoriy ziyoratgohida Toshkent, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Andijon, Namangan va Qo‘qondan kelgan ustalar ishlagan.

Izboskanlik Yo‘lbars Hoji 15 ta ustun bilan kirishdagi uchta darvozani, yakkatutlik Abdug‘ani Abdullayev 32 ta ustun bilan ayvon ishlarini qilgan.

Maqbarani samarqandlik Mirumar Asadov qurgan.

Imom Buxoriyning ramziy qabrini qurishda Erondan keltirilgan qimmatbaho tosh ishlatilgan. Bu tosh o‘zidan yorug‘lik o‘tkazadi.
XS
SM
MD
LG