Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:42

Mixail Galustyan Twitterda o'zbek tilini o'rganmoqda


Sochilik aktyor Mixail Galustyan (o'ngda) ko'pchilikga taniqli "Nasha Rasha" hajviy serialida o'ynagan mashhur Ravshan roli bilan tanish.
Sochilik aktyor Mixail Galustyan (o'ngda) ko'pchilikga taniqli "Nasha Rasha" hajviy serialida o'ynagan mashhur Ravshan roli bilan tanish.
Rossiya shou-biznesining yorqin yulduzlaridan biri, komik aktyor, KVN klubi yulduzi Mixail Galustyan o'zining shaxsiy Twitter sahifasida o'zbek tilini o'rganmoqda.

Ko'pchilik bu xabarni o'qib, "yo'g'eee, bo'ishi mumkin emas" deyishi mumkin. Lekin Galustyanning Twitter sahifasidan olingan quyidagi dalil barcha shubhalarni yo'qga chiqaradi degan umiddamiz.


Ko'rib turganingizdek, chindan ham "Nasha Rasha" hajviy serialida o'ynagan tojik roli bilan tanish rossiyalik arman aktyor Misha Galustyan o'zbek tilini Amerikada ixtiro qilingan internet sayt orqali o'rganmoqda.

Hamma gap shundaki, Ravshan, yo'g'e, Misha ayni damda O'zbekistonda. Uning Twitteriga ko'ra, u O'zbekistonga konsert uchun emas, balki mehmonga kelgan.

O'zbek tilini ham unga O'zbekistonda o'rgatishayotgan bo'lsalar kerak. Hozircha Mixail Galustyan o'zining Twitter sahifasida O'zbekistondagi "choy-poy" madaniyati va "haqiqiy palovni erkaklar tayyorlashi" haqida yozdi.

Esltamiz, taniqli komik aktyor Mixail Galustyan o'z Twitter sahifasiga ega bo'lgan Rossiya yulduzlari orasida eng mashhurlaridan biridir. Twitterda Galustyanning 200 mingdan ziyod o'quvchisi bor.
XS
SM
MD
LG