Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:07

"Real Madrid" Chempionlar Ligasida yangi rekord o'rnatdi


Madridning "Real" futbol klubi 22 noyabr kuni Zagrebning "Dinamo" klubi jamoasiga qarshi o'tgan o'yinning birinchi 20 daqiqasida raqib darvozasiga to'rtta gol urib, Chempionlar Ligasida yangi rekord o'rnatdi.

"Real" - "Dinamo" uchrashuvida madridliklar o'yinning ikkinchi daqiqasidayoq hisobni ochishdi. Golga Karim Benzema mualliflik qildi. 7-daqiqada Xose Kalyexon, 9-daqiqada Gonsalo Iguain, 20-daqiqada esa Mesut Ozil zagrebliklar darvozasini ishg'ol qildi. Qolgan gollar o'yinning ikkinchi yarmida kiritildi. 49-daqiqada yana o'sha Kalyexon, 66-daqiqada esa Benzema gol urdi.

Eng qiziqarlisi shuki, o'yin tugab borayotgan vaqtda "Dinamo" o'yinchilari 10 daqiqa ichida biramasiga ikkita gol urishdi. Bu gollarga 81-daqiqada Fatosh Bekiray, 90-daqiqada esa Ivan Tomechak mualliflik qilishdi.



Shunday qilib, asosan "Real"ning hujumlari bilan o'tgan o'yin 6:2 hisobi bilan madridliklar foydasiga yakunlandi.

Bundan oldingi rekord ko'rsatkichi 2000 yilda qayd etilgan edi. O'shanda Fransiyaning "Monako" futbol klubi Chempionlar Ligasi o'yinlari doirasida o'tgan uchrashuvda Turkiyaning "Galatasaray" klubi darvozasiga 26 daqiqa ichida to'rt gol urishgan.

Guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda g'alaba qozongan Madridning "Real" klubi "D" guruhida birinchi o'rinni egallab, pley-off o'yinlariga yo'llama oldi. Guruhdagi ikkinchi o'rin uchun Amsterdamning "Ayaks" va Fransiyaning "Lion" klublari bellashishadi. Zagrebning "Dinamo" klubi barcha ucharshuvlarda mag'lub bo'ldi.
XS
SM
MD
LG