Линклар

23 noyabr kuni Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) yilning eng yaxshi o‘yinchisi¸ hakami¸ futbol federatsiyasi va jamoasini aniqlab¸ ularni taqdirlash marosimini o‘tkazdi.

OFK rasmiy saytidan olingan ma‘lumotga ko‘ra¸ o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov ketma-ket to‘rtinchi marotaba Osiyoning eng yaxshi hakami deb topildi.

Eng yaxshi yordamchi hakam deb o‘zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov topildi.

Yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini ikkinchi bor O‘zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparovga shaxsan FIFA prezidenti Zep Blatter tomonidan topshirildi. Jeparov mazkur sovringa 2008 yilda ham sazovor bo‘lgan edi.

Yilning eng yaxshi murabbiysi sovrini yaponiyalik Norio Sasakiga¸ yilning eng yaxshi Futbol federatsiyasi sovrini Yaponiya futbol federatsiyasiga¸ yilning "Fair play" sovrini Janubiy Koreya terma jamoasiga¸ yilning eng yaxshi klubi sovrini esa Qatarning "As-Sadd" jamoasiga nasib qildi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG