Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:07

Futbol: O‘zbekiston - Birlashgan Arab Amirliklari 0:0


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 2012 yil Londonda bo‘ladigan XXX yozgi Olimpiya o‘yinlari saralash musobaqalarining uchinchi bosqichi ikkinchi uchrashuvida mehmonda Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda O‘zbekiston futbolchilari Iroq terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Ikki o‘yindan keyin O‘zbekiston futbolchilari 4 ochko bilan “B” guruhida peshqadamlik qilmoqda.

Birlashgan Arab Amirliklari va Avstraliya jamoalari 2 ochko, Iroq terma jamoasi esa 1 ochkoga ega.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 27 noyabr kuni Avstraliyada o‘tkazadi.

Guruhda birinchi o‘rinni egallagan jamoa Londonga yo‘llanma oladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan terma jamoa pley-off o‘yinida g‘olib chiqsa, London Olimpiadasida ishtirok etadi.
XS
SM
MD
LG