Линклар

Rossiya Davlat dumasi mehnat muhojirlarining rus tilini bilishini shart qiluvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

“Rossiya Federatsiyasidagi xorij fuqarolarining huquqiy maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi JEK¸ savdo va maishiy xizmat sohasida ishlash istagida bo‘lgan migrantlardan rus tilini tegishli darajada bilishini tasdiqlovchi rasmiy hujjat talab qilishni ko‘zda tutadi.

Davlat dumasining rasmiy izohiga ko‘ra¸ sobiq SSSR hududida 1991 yilning 1 sentyabriga qadar berilgan maktab attestati yoki universitet diplomi, yoxud Rossiya Federatsiyasi hududida 1991 yil 1 sentyabridan so‘ng berilgan ayni shunday guvohnomalar rus tilini bilishni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi.

Bundan tashqari¸ Rossiya Maorif va fan vazirligining rus tili bo‘yicha davlat testidan o‘tilgani to‘g‘risidagi sertifikati ham rasmiy hujjat o‘laroq qabul qilinadi.

Aytilishicha¸ hozirda Rossiya o‘quv yurtlarida xorijiylardan rus tili bo‘yicha test olish vakolatiga ega 160 dan oshiq markaz ish olib bormoqda.
XS
SM
MD
LG