Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:36

O‘zbekiston Xalq Harakati kengayadi


O‘XH muassislarining Stokholmdagi majlisi, 2011 yilning 26 noyabri.
O‘XH muassislarining Stokholmdagi majlisi, 2011 yilning 26 noyabri.
O‘zbekiston Xalq Harakati muassislarining 26-27 noyabr kunlari Stokholmda o‘tgan majlisida O‘XHga ikki tashkilotni a‘zolikka olish masalasi ko‘rildi.

Bu haqda Ozodlikka O‘zbekiston Xalq harakati Muassislar majlisi a‘zosi, tashkilotning Shvetsiya bo‘limi rahbari Muhammadsolih Abutov ma‘lum qildi.

Janob Abutovga ko‘ra, Muassislar majlisi O‘zbekiston ichida faoliyat yuritayotgan bir tashkilot (nomi xavfsizlik nuqtai nazaridan oshkor qilinmadi) va Shvetsiyaning Kalmar shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbeklar jamiyati (diasporasi)”ni O‘XHga a‘zolikka qabul qilishga qaror qilgan.

Bundan tashqari, majlisda O‘zbekiston ichida O‘XHning tashviqot va targ‘ibot ishlari miqyosini kengaytirish, 8 dekabr kuni tashkilot bo‘limlari tomonidan Norvegiya, Kanada, Turkiya va Bryusselda Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan norozilik namoyishlari o‘tkazish, O‘zbekiston Xalq Harakatnining yangi bo‘limlari ochish haqida qarorlar olingan.

Ayni paytda Shvetsiya poytaxtida hisobot majlisiga yig‘ilgan O‘XH muassislari, Muhammadsolih Abutovga ko‘ra, tashkilotning yarim yillik faoliyatini qanoatlanarli, deb topganlar.

- Xususan, Gulnora Karimovaning Nyu Yorkdagi Modalar haftasiga qatnasholmay qolishida ham O‘zbekiston Xalq Harakatining Amerikadagi bo‘limi o‘tkazgan namoyishlarining ham albatta roli bor, deb hisoblaymiz. Bularning hammasi o‘zbek xalqiga bu O‘zbekiston Xalq Harakatining ishonarli kuch ekanligini bildirdi, deb o‘ylaymiz, - deydi Muhammadsolih Abutov.

O‘XH Muassislar majlisi a‘zosi M. Abutov bilan suhbat:



8 dekabr kuni Yevropaning bir qancha mamlakatlari va Kanadada o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan namoyishlar haqida gapirar ekan, Abutov bu aktsiyalardan maqsad O‘zbekiston Respublikasida konstitutsiya amalda qo‘llanilmayotganligidan, uning oyoqosti bo‘layotganligidan xalqaro jamoatchilikni ogoh qilish ekanini qo‘shimcha qildi.

Yarim yil muqaddam Yevropada asos solingan O‘zbekiston Xalq Harakati ayni paytda o‘z safida rasmiy Toshkent rejimiga muxolif qarashdagi oltita tashkilotni birlashtirgan. Harakatning yana bir a‘zosi - “Andijon - Adolat va Tiklanish” tashkiloti shu yilning 17 noyabr kuni O‘XH tarkibidan chiqqanini e‘lon qilgan.
XS
SM
MD
LG