Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:06

O‘zbekistonda yangi yildan soliqlar oshadi


2012 yilning 1 yanvaridan boshlab o‘zbekistonliklar yo‘l¸ mol-mulk¸ suv¸ ijara uchun ko‘proq soliq to‘lashga majbur bo‘ladilar.

Norma.uz sayti ma‘lumotiga ko‘ra, 2012 yil yanvaridan boshlab yo‘l jamg‘armasi soliq stavkalari 1 foizdan 1,4 foizga, yer solig‘i, jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanish solig‘i 1,2 foizga oshadi.

Toshkentda faoliyat yuritayotgan soliq maslahatchilaridan biri, o‘z ismi aytilmasligi sharti bilan Ozodlik muxbirining soliq stavkalari oshishiga oid ayrim savollariga oydinlik kiritdi.

Soliq maslahatchisiga ko‘ra, mamlakatdagi pensiya jamg‘armalarini qo‘llash maqsadida yangi yildan boshlab fuqarolarning sug‘urta badali 1 foizga oshiriladi.

- Sug‘urta badali 1 foizga oshdi, daromad solig‘i bir foizga tushdi. Almashuv bo‘ldida. Pensiya jamg‘armasiga ko‘proq pul o‘tkazish uchun qilingan ish bu. Ya‘ni pensiya jamg‘armasiga ko‘proq mablag‘ yig‘ilishi uchun, dedi suhbatdosh.

Soliq maslahatchisiga ko‘ra, yangi yildan jismoniy shaxslarning o‘z mulkini ijaraga bergan holatida soliq stavkalari ijara haqining eng kam qiymati ko‘rinishida belgilanadi.

- Mulkni ijaraga bergan holatda ijaraning minimal stavkasi o‘rnatilayapti. U yerda “soliqqa tortish maqsadida” deb yozilgan. Sabab? Sabab shu paytgacha shartnoma tuzilayotganda ijarachi bilan ijaraga oluvchi kichkina summani ko‘rsatib qo‘yishar edi ya‘ni nalogdan qochib. Shuning uchun endilikda minimalniy summa ko‘rsatiladi. Masalan¸ shuncha kvadrat joyga 100 ming so‘m bo‘lsin deydi. Ana o‘shandan kam bo‘lishi kerak emas tuzilayotgan ijara shartnomasidagi summa. Davlat tomonidan kami belgilab qo‘yiladi. Haqiqatan shunchadan kam bo‘lishi kerak emas, dedi suhbatdosh.

Soliq maslahatchisi yangi yildan ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan kichik biznes sub‘ektlari uchun yagona soliq stavkasi 6 foizdan 5 foizga kamaytirildi.

- 6 foizdan 5 foizga kamaytirilgani bu ishlab chiqarish uchun. Ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun. Qolgan sohalardagi yagona soliq kamaytirilgani yo‘q. Shunday qoldi. Bir foizga tushirildi. Qolgan sohalar¸ masalan¸ xizmat ko‘rsatish yoki savdoda o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. Hozir soliq stavkalari oshayapti yoki tushayapti degani bilan hali bunga qo‘shimcha dekabr oxirida qo‘shimcha tablitsalar ko‘rinishida chiqadi. O‘shanda aniq ko‘rish mumkin. O‘shanda solishtirsa bo‘ladi. Masalan¸ yer solig‘i bo‘yicha qanaqa stavkalar o‘zgarayapti. O‘shanda aniq ko‘rinadi, deydi o‘z ismi aytilishini istamagan soliq maslahatchilaridan biri.

Shuningdek, yangi yildan boshlab jismoniy shaxslarning transport uchun foydalanilgan benzin, gaz va dizel yoqilg‘isi uchun soliq stavkalari 25 so‘mga qimmatlaydi.

Spirtli ichimliklar uchun aktsiz solig‘i esa 20 foizgacha ko‘tariladi.
XS
SM
MD
LG