Линклар

logo-print

Yevro-2012 da o'ynaladigan to'p o'z nomiga ega bo'ldi


Adidas rahbari Gerbert Xayner 2012 yilda JAR da o'tgan Jahon chempionatining "Jabularni" deb nomlangan rasmiy to'pini taqdim etmoqda.

Adidas rahbari Gerbert Xayner 2012 yilda JAR da o'tgan Jahon chempionatining "Jabularni" deb nomlangan rasmiy to'pini taqdim etmoqda.

2012 yilda o'tadigan futbol bo'yicha Yevropa chempionatida o'ynaladigan rasmiy to'pning nomi "Tango 12" bo'ladi. Bunday nomni to'pga UEFA ning texnik hamkori bo'lmish Adidas firmasi berdi.

Xabarlarga ko'ra, dizayni Adidas mutahassislari tarafidan ishlab chiqilgan Evro-2012 to'pi 2 dekabr kuni Kiyevda o'tadigan turnirning guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida rasmiy tarzda e'lon qilinadi.

"Tango" to'pi katta futbol turnirlarida ilk bor 1978 yili Argentinada o'tgan Jahon chempionatida "debyut" qilgan edi. Italiyada o'tgan Yevro-1980 da esa to'p "Tango Italiya" nomini olgan. Matadorlar mamlakatida o'tgan 1982 yilgi Jahon birinchiligida esa "Tango Ispaniya", Napoleon yurtida o'tgan Yevro-1984 da "Tango Mundial", Germaniyada o'tgan Yevro-1988 da esa "Tango Yevropa" nomlarini olgan edi.

Ayni damda "Tango 12" to'pi Myunxenning "Bavariya" klubi va Italiyaning "Milan" klubi tarafidan sinovdan o'tkazilmoqda. Adidas shirkatining amaldagi rahbari Gerbert Xaynerga ko'ra, o'yinchilar yangi to'pdan qoniqishgan.

Yevro-2012 turniri 8 iyundan 1 iyulgacha Polsha va Ukrainada o'tadi. Ochilish o'yini Varshavada, final o'yini esa Kiyevda o'tadi.
XS
SM
MD
LG