Линклар

logo-print

Xitoylik talaba puli yo'qligidan o'zi kompyuter yasadi


Tishlangan olma shirkatining taniqli iPad planshetining o'rtacha narxi 800 AQSh dollaridir.

Tishlangan olma shirkatining taniqli iPad planshetining o'rtacha narxi 800 AQSh dollaridir.

Pulning yo'qligi yoki uning kamligi insonni nimalarga undamaydi-ya...

Sevgan yoriga yangi kompyuter sovg'a qilishga puli yetmagan xitoylik talaba o'z qo'llari bilan 125 dollarlik planshet kompyuteri yasadi.

Bu haqda xabar bergan "China Daily" nashrining yozishicha, dizayn va san'at fanlaridan tahsil oluvchi yuqori kurs talabasi Vey Sinlun sevgilisi Sun Shashaning tug'ilgan kuni munosabati bilan unga kompyuter sovg'a qilmoqchi bo'ladi. Biroq yangi kompyuterga puli yetmagan Vey, 80 dollarlik eski noutbukni sotib olib, uni taniqli iPad kabi sensor ekranli planshetga aylantirdi.

Veyning aytishicha, u planshet ustida 10 kun mobaynida ish bolib borgan va 45 dollarga yangi detallarni sotib olgan. Planshetni yasashda esa Veyga internetdagi bepul online video-kurslar yordam bergan.

Chindan ham xitoylik talaba yasagan planshet ko'rinishidan Apple shirkatining iPad kompyuteriga o'xshab ketadi. Biroq u iOS operatsion tizimida emas, bali Windows 7 bilan ishlaydi.

Veyga ko'ra, planshet orqali bemalol o'qish, yozish, internetga kirish va videolar tomosha qilish mumkin.

O'zi ham talaba bo'lgan Sun Shasha yigiti o'z qo'llari bilan yasagan planshetni "umrimda olgan eng yaxshi sovg'a" deya ta'rifladi.

Aziz mushtariy, sizchi? Siz sevgan yoringiz uchun nimalarga tayyorsiz?
XS
SM
MD
LG