Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:15

O‘zbekistonda Mercedes-Benz avtobuslari chiqariladi


“O‘zavtosanoat” Germaniyaning “Daimler AG” shirkati bilan Mercedes-Benz markasidagi avtobuslar ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona tuzish borasidagi so‘zlashuvlarni qayta boshladi. Bu haqda SteelGuru nashri xabar qilmoqda.

O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi aynan qachon tashkil qilinishi hozircha ma‘lum emas.

O‘tgan yili O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov maxsus qaror e‘lon qilib, Toshkentdagi “Chkalov” nomli samolyotsozlik zavodi bazasida nemis shirkati bilan avtobuslar ishlab chiqarish loyihasini ma‘qullagan edi. O‘shanda loyiha umumiy qiymati 30 million AQSh dollari deb baholangan edi.

Mazkur loyiha bo‘yicha ilk avtobuslar joriy yil aprel oyida konveyyerdan chiqishi kerak edi.

O‘zbekiston prezidenti qarori e‘lon qilinib, qo‘shma korxona tuzish haqida muzokaralar boshlangan paytda “Daimler AG” shirkati sobiq ittifoq mamlakatlari, jumladan O‘zbekistonda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat amaldorlariga millionlab dollar miqdorda pora bergani bilan bog‘liq janjal avj olayotgan edi.

Ba‘zi xabarlarga ko‘ra, qo‘shma korxona tuzilsa, uning 51 foiz ulushi “Daimler AG” shirkatiga, 49 foiz aktsiyalari esa “O‘zavtosanoat” shirkatiga tegishli bo‘ladi.
XS
SM
MD
LG