Линклар

Shifokorlar norvegiyalik terrorchi Anders Breyvik 22 iyul kuni 77 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumni amalga oshirayotgan paytda aqlan layoqatsiz bo‘lgan, degan xulosani chiqarishdi.

Prokurorlarning aytishlaricha, ikki psixiatr tomonidan chiqarilgan xulosa asosli deb topilsa, Breyvekni sudga tortlmaydi, lekin u ruhiy shifoxonada majburan davolanadi.

Shu yil 22 iyul kuni Breyvik avval Osloda avtomashinani portlatib sakkiz kishini, undan keyin esa Utoya orolida 69 kishini otib o‘ldirgan edi.
XS
SM
MD
LG