Линклар

logo-print
O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib HD (high definition - yuqori sifatli tasvir tahr.) formatidagi telekanalni ishga solishi aytilmoqda. O‘zA agentligining xabar qilishicha, 29 noyabr kuni Toshkentda yuqori sifatli telekanal taqdimoti o‘tkazilgan.

Tadimot marosimida qatnashgan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi direktor o‘rinbosari Fayzulla Yunusovning aytishicha, “Uz.HD” deb nomlangan kanalni ishga tushirish, raqamli televideniyega o‘tishdagi muhim qadam bo‘lgan. Dastlabki bosqichda 31 million AQSh dollari sarfalangani aytilayotgan “Uz.HD” kanali 24 soat efirga chiqib, uning dasturlari teletomoshabinlar ehtiyojiga ko‘ra tuziladi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, bugun O‘zbekiston aholisining 36 foizi raqamli televideniye ko‘rish imkoniga ega.

O‘zbekiston matbuot erkinligi mutlaq bo‘g‘ilgan mamlakatlar qatoriga kiradi va davlat nazorat qiladigan telekanallar asosan rasmiy targ‘ibot bilan shug‘ullanishi aytiladi.
XS
SM
MD
LG