Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:31

O‘IH halok bo‘lgan janggarilar ro‘yxatini e‘lon qildi


O‘zbekiston Islomiy Harakati o‘tgan bir yil davomida halok bo‘lgan dala qo‘mondonlari va jangchilari ro‘yxatini e‘lon qildi. Ro'yxatda O‘zbekiston, Afg‘oniston, Rossiya, Pokiston Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari ismlari keltirilgan.

O‘zbekiston Islomiy Harakati saytida halok bo‘lgan janggarilarning fotosuratlari va qisqa tarjimai xollari ham keltirilgan.

Bu tarjima xollarda har bir janggari qay vaziyatda halok bo‘lgani ham aytiladi va bundan O‘IH o‘z zimmasiga olgan hurujlar haqida xulosa qilsa bo‘ladi.

"Qaboilda nima gap" filmlar seriyasi orqali ko'pchilikga tanish bo'lib qolgan toshkentlik Abdul Aziz ham halok bo'lgan janggarilar orasidadir.

Xususan, oktyabr oyida Pajsher viloyatini tiklash bilan shug‘ullangan AQSh bazasiga qilingan hujum, o‘tgan yili Tojikistonning Rasht tumaniadgi voqealar, Kobulda mahalliy super-marketga qilingan hujum va boshqa hodisalar haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

O‘zbekistonda islomiy davlat qurish iddaolari bilan tashkil topgan O‘IH 1990 yillarda avval Tojikiston, keyinchalik esa Afg‘onistonda faoliyat yuritgan. 2001 yil AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya Afg‘onistonda Tolibon harakatini hokimiyatdan ag‘dargach, O‘IH guruhi Pokistonning qabilalar nazoratidagi mintaqalarida panoh topgan.

Guruhning ko‘p yillik yetakchisi Tohir Yo‘ldosh 2009 yilning avgustida halok bo‘lgach, uning o‘rniga kuyovi Usmon Odil tayinlandi.

Keyingi yillarda harakat janggarilari Afg‘onistonning shimoliy mintaqalarida faollashib qolgani aytiladi.
XS
SM
MD
LG