Линклар

Xakerlar Alisher Usmonovga tegishli saytga hujum qilishdi


Xakerlar tarafidan www.kommersant.ru saytiga joylashtirilgan surat.

Xakerlar tarafidan www.kommersant.ru saytiga joylashtirilgan surat.

O'zbekistonlik biznesmen, Rossiyaning eng boy insonlaridan biri Alisher Usmonovga tegishli nufuzli "Kommersant" nashri veb-sayti xakerlar hujumi ostida qoldi.

Nashr saytiga kirar ekansiz, u yerda "Yedinaya Rossiya" siyosiy partiyasi bayrog'ini ushlab olgan ayiq Kreml minorasi ustida o'lik holda yotgani tasvirlangan suratga guvoh bo'lasiz.

Suratdagi matn esa "Ularning vaqti bitdi" jumlasi bilan boshlanib, 4 dekabr kuni Moskvada o'tadigan "qalbaki saylovlarga qarshi xalq yig'ini"ga chaqiradi.

Eslatamiz, "Yedinaya Rossiya" (Yagona Rossiya) siyosiy partiyasi Dumadagi eng ko'p o'ringa ega partiya bo'lib, unga Rossiyaning sobiq prezidenti va ayni damda Bosh vazir lavozimidagi Vladimir Putin rahbarlik qiladi.

"Kommersant" nashriyot uyi rahbari Demyan Kudryavsev Lenta.ru saytiga bergan intervyusida nashr sayti tez soatlarga qayta ishga tushirilishini va'da qildi va ushbu qonunbuzarlik yuzasidan nashriyot uyi huquq-tartibot organlariga murojaat qilganini aytdi.

Namangan viloyatida tavallud topgan Alisher Usmonovga qarashli "Kommersant" nashri bundan oldin ham bir necha bor xakerlar hujumiga uchragan. Biroq oldingi urinishlar DDoS hujumlari bo'lib, saytni vaqtincha ishdan chiqarar edi, holos.
XS
SM
MD
LG