Линклар

"Bunyodkor" Eto'O ga 25 million yevro taklif qilgani tasdiqlandi


Samuel Eto'O Italiyaning "Inter" klubi tarkibida. 2009 yili olingan surat.

Samuel Eto'O Italiyaning "Inter" klubi tarkibida. 2009 yili olingan surat.

Kamerunlik taniqli futbolchi Samuel Eto'o umuman taniqli bo'lmagan Maxachqal'aning "Anji" klubi safiga o'tganida ko'pchilik uning qaroriga yangi klubdagi katta maosh sabab, deya tahmin qilgan edi.

"Barselona" klubi sobiq o'yinchisi Eto'O ning Sports.Ru nashriga bergan intervyusida u ayni damda"Anji" klubida qancha maosh olayotganini e'tirof etmadi, biroq uning futbolchilik karyerasida hozirgidanda ko'proq maosh taklifi bo'lganini aytib o'tdi.

Bu haqda gapirar ekan, Samuel Eto'o bir necha yil avval o'zbekistonlik klubdan 3-4 oy o'ynash uchun 25 million yevro taklif bo'lganini aytdi.

Gap "Bunyodkor" haqida ketayotganini bilgan Championat.Com nashri xodimlari toshkentlik "qadirg'ochlar" matbuot kotibi Ulug'bek Mirzayev bilan bog'lanishdi.

- Samuel Eto’O bizning jamoamizga 2008 yil iyul oyida faqatgina bir kun davom etgan muzokaralarni o‘tkazish uchun tashrif buyurgandi. Bizning o‘sha paytdagi rahbariyatimiz futbolchiga kuzda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionlar ligasining pley-offda bahslarida jamoamiz tarkibida ishtirok etishni taklif qilishgandi... Ha, men Eto’Oga 25 million $ taklif qilingani haqida eshitgandim. Ammo u oxir-oqibat taklifimizni rad etdi, - deya javob berdi Mirayev sport nashriga.

3-4 oy o'yin uchun 25 million yevrolik maosh hali futbol tarixida berilmagan bo'lsa kerak. Lekin shunga qaramasdan bunga rad javobini bergan Eto'O buning sabablarini aytib o'tdi.

- Inson orqaga intilib yashamasligi kerak. Bir vaqtlar menga aytishgan edi: eng asosiysi shundaki, boshqalar sening g'oyalaringa ishonishlari kerak. Agar odamlar senga ishonsa, sen har doim puldor bo'lasan. Men o'sha vaqtda mas'uliyat haqida o'ylayotgan edim. Meni Afrikada birinchi bor o'tayotgan Jahon chempionatida kutishayotgan edi. Men shu haqda o'ylayotgan edim. 25 million yevro haqida emas, - dedi "Anji" hujumchisi Eto'O Sports.Ru saytiga.

Samuel Eto'O "Bunyodkor" klubiga o'tmagan bo'lsa-da, uning "Anji" safidagi faoliyati O'zbekiston futboliga katta ta'sir qiladi, degan umiddamiz. Chunki "Anji"da Eto'O bilan yelkama-yelka top surayotganlardan biri O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Odil Ahmedovdir.
XS
SM
MD
LG