Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:33

Buxoroda o‘lib-tirilgan Visotskiy


Vladimir Visotskiy¸1979 yil.
Vladimir Visotskiy¸1979 yil.
Payshanba kuni Rossiya kinoteatrlarida “Tirikliging uchun rahmat Visotskiy” filmining namoyish boshlandi.

Visotskiyning o‘g‘li Nikita Visotskiy stsenariysi asosida Petr Buslov suratga olgan bu film afsonaviy qo‘shiqchining O‘zbekistonga qilgan uch kunlik gastroli tafsilotlarini hikoya qildi.

1979 yilda Buxorodagi Madaniyat saroyida qo‘shiq aytayotgan paytida Vladimir Visotskiy o‘zidan ketib yiqilib tushadi.

O‘zbek vrachlari Visotskiyning klinik o‘limini qayd qilishadi.

Narkotik moddani ko‘proq iste‘mol qilgani Visotskiy hayotiga deyarli nuqta qo‘yib bo‘lgan edi.

Ammo klinik o‘lim hali bu mutlaq nihoya emas. Zaharni zahar kesadi. Visotskiyni hayotga qaytarish uchun kuchli bangivor modda lozim edi.

Film ana shu hayot-mamot mujodalasiga bag‘ishlanadi.

Filmdagi ommaviy sahnalarda 1979 yili Buxoroda Visotskiy kontsertini tomosha qilgan o‘zbekistonliklar ishtirok etishgan.

Film sovet ittifoqi davrida foydalangan va dunyoda faqat besh dona qolgan obektivlar vositasida o‘ta zamonaviy kinokameralarga o‘rnatilib suratga olindi.

Filmdagi bosh rolni kim o‘ynagani esa sir tutilmoqda.

Moskvadagi Kino muzeyi direktori Naum Kleyman nazarida Buxoroda o‘lgan Visotskiy filmda tiriltirilgan.

– Bu Visotskiy haqida afsonaning yana shuurimizda tirilganiga mengzaydi. Bu yangi bir voqelik. Boz ustiga kinodagi obraz aktyor mahorati bilan birgalikda kompyuter va grimchi ishining omuxtasidir. Rossiya kinochiligida ilk tajriba desak ham bo‘ladi¸ deydi Kleyman.

Filmni tomosha qilgan Ozodlik muxbiri Anna Kachkayeva kino taqdimoti o‘zbekcha ruhda bo‘lganini aytadi.

- Taqdimot marosimida do‘ppi kiygan o‘zbek qiz-yigitlar patnislarda pista-bodomlar tutib turishdi. Film xuddi Buxorodagi Madaniyat uyida namoyish qilinayotganday taasurotni yaratish uchun ko‘p ish qilishgani bilinib turibdi.

Kachkayevga ko‘ra¸ Qizilqum cho‘llari va Buxorodagi Minorai Kalon soyasida olingan bu film qo‘shiqchi va insonning fojiasi haqida.

Visotskiy Buxoroda qayta tirilganidan bir yil o‘tib 1980 yili Moskvada vafot etdi.

Buxorodagi filmga olish jarayonlarini kuzatgan o‘zbek aktyori Erkin Komilov o‘sha paytlar ahduhini kuylagan Visotskiyning Buxoroda qayta tirilgani bejiz emas¸ deb biladi.

- Mehri giyo degan cho‘p bor Qizilqum cho‘llarida¸ bu cho‘p o‘likka jon bag‘ishlaydi. Balkim Visotskiyga yana bir yil yorug‘ dunyoda yashash imkonini bergan ana shu mehr giyohidir balki ¸ deydi san‘atkor.
XS
SM
MD
LG