Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:51

Rivaldo "San Paulu"dan haydaldimi?


Rivaldo
Rivaldo
Braziliyaning "San-Paulu" futbol klubi taniqli futbolchi Rivaldo bilan xayrlashdi. Klub rahbariyati 39 yoshli o'yinchi xizmatidan rasman voz kechgani xabar qilinmoqda.

Bu haqda birinchilardan bo'lib Rivaldoning o'zi Twitter mikro-blogi orqali xabar berdi.

- Klub rahbariyati menga rasman yangi yildan boshlab jamoa safida o'ynamasligimni aytdi... Barchangizga ma'lum qilamanki, men kelayotgan shanba kungi mashg'ulotlarimdan so'ng "San Paulu" jamoasi tarkibidan chiqaman, - deb yozdi Rivaldo o'z Twitter sahifasida.

Rivaldo nega klub uning xizmatida voz kechganligiga izoh bermadi, biroq hali futbolchilik karyerasi tugamaganligini aytib o'tdi.

- Lekin men hozircha futbol bilan hayrlashayotganim yo'q. Menda "olovni yoqib turuvchi o'tin" hali ko'p. Mening maqsadim 2012 yilning so'nggida o'z karyeramni yakunlashdir, - dedi Rivaldo.

2002 yilda Braziliya terma jamoasi safida Jahon chempioni bo'lgan Rivaldo "San Paulu" klubiga joriy yilning boshida qo'shildan edi. Undan olsin esa u Toshkentning "Bunyodkor" klubida qatorasiga uch mavsum davomida to'p surgan.

Xabarlarga ko'ra, Rivaldoning "San Paulu"dan ketishiga uning klubga kelgan yangi bosh murabbiy Emerson Leao bilan chiqisholmagani sabab bo'lgan. Leao ham bir vaqtlar Braziliyaning eng kuchli o'yinchilaridan edi.

Yoshi 39 ga yetgan Rivaldo "Barselona", "Inter", "Deportivo", "Olimpiyakos", "Bunyodkor" kabi klublaridagi faoliyati bilan ko'pchilikga tanish. 2002 yili esa Yaponiya va Janubiy Koreyada o'tgan Jahon chempionatida Braziliya jamoasining g'olib bo'lishiga katta hissa qo'shgan edi.

2008-2010 yillari O'zbekiston Oliy ligasida o'ynagan Rivaldo joriy yilning boshida "Bunyodkor" klubi unga va'da qilgan 16 million yervroni hali ham bermaganini aytgan edi.
XS
SM
MD
LG