Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:41

Eron AQSh uchqichini urib tushirganini iddao qilmoqda


Eron mamlakat havo hududida AQShning uchuvchisiz boshqariladigan uchqichini urib tushirganini iddao qilmoqda.

Eron qurolli kuchlari qo‘mondonligidagi manbaa yakshanba kuni Al Alam arab telekanaliga AQShning RQ-170 rusumli uchuvchisiz boshqariladigan uchqichi yerga qulatilganini aytgan.

Afg‘onistondagi NATO qo‘mondonligi rasmiylariga ko‘ra, bu yerda gap Afg‘oniston g‘arbida yo‘qolib qolgan uchqich haqida borayotgan bo‘lishi mumkin.

Bu hodisa Eron va G‘arb o‘rtasida taranglik kuchaygan bir paytda ro‘y berdi. O‘tgan xaftada Tehrondagi Buyuk Britaniya elchixonasi hujumga uchragan edi.
XS
SM
MD
LG