Линклар

logo-print

Buxoro hokimining benzin shahobchalarida tanqislik


AyoQShlarga atalgan benzin qora bozorda uch baravar qimmatga sotilmoqda¸ deydi oddiy buxoroliklar.

AyoQShlarga atalgan benzin qora bozorda uch baravar qimmatga sotilmoqda¸ deydi oddiy buxoroliklar.

Norasmiy manbalarga ko‘ra¸ bu tanqislikni yaratgan viloyat hokimining o‘g‘li hozirda MXXda tergov qilinmoqda.

Buxorodagi yonilg‘i quyish shahobchalaridagi ahvol O‘zbekistondagi benzin tahchilligi manzarasining bir qismi sifatida ko‘rilmoqda.

Ozodlikka qo‘ng‘iroq qilgan buxoroliklar¸ benzin taqchilligigi viloyat hokimining o‘g‘li tarafidan maxsus yaratilayotganini aytishdi.

Buxoro markazidagi haydovchilar orasida "hokimning zapravkalari" nomi bilan mashxur bo‘lgan AYoQShlarda benzin deyarli yo‘qligi kuzatilgan.

Bu shahobchalarga texnik xizmat ko‘rsatadigan shirkat mutaxassisining Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatidan ma‘lum bo‘lishicha¸ benzin qora bozorda qimmatga sotish uchun yashirib qo‘yilgan.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ Buxoro hokiming o‘g‘li va jiyaniga tegishli ekani aytiladigan bu yonilg‘i quyish shahobchalari atrofida maxsus yaratilgan benzin “qora bozori” katta daromad ko‘rmoqda.

Ayni paytda benzin taqchilligining Buxoroni 1996 yildan beri boshqarayotgan hokim Samoydin Husenovga qarshi ishlashi mumkinligi aytilmoqda.

"Benzin taqchilligi bois Buxorodagi haydovchilar 10 litr hajmdagi yoqilg‘ini davlat narxida olishi mumkin¸ ammo bu amalda deyarli yo‘q holat¸" deydi buxorolik Ibrohim aka.

Ibrohim akaga ko‘ra¸ ayni paytda Buxorodagi yonilg‘i quyish shahobchalarida turnaqotor navbatlar paydo bo‘lgan.

Bu navbatda turmasdan benzin olish uchun qora bozorga borish lozim.

Buxoroda "hokimning zapravkalari" nomi bilan mashhur bo‘lgan AYoQShlarga texnik xizmat ko‘rsatadigan shirkat mutaxassisining Ozodlikka aytishicha¸ davlat narxi 1600 so‘m bo‘lgan benzin qora bozorda 4000 so‘mdan sotilmoqda.

Ozodlik muxbiri Buxorodagi neft bazasiga qo‘ng‘iroq qilib¸ benzin taqchilligi borasida izoh so‘radi.

Ismi aytilishini istamagan baza mulozimiga ko‘ra¸ AYoQSh larga berilayotgan benzin hajmi o‘zgarmagan.

Benzin shahobchalariga xizmat ko‘rsatadigan mutaxassis Ozodlik bilan suhbatda¸ Buxoro aholisi ehtiyojlari uchun ajratilgan benzin va dizel¸ bazadan chiqib qora bozorda¸ shaharlararo avtobus va tranzit orqali o‘tadigan yuk mashinalari haydovchilariga qimmat narhda sotilayotganini aytadi.

Suhbatdosh¸ ayni kunlarda ana shu qora bozor ehtiyojlari uchun maxsus moslamalar yasab berish bilan mashg‘ul ekanini ham aytib o‘tdi.

Ayni paytda Buxorodagi bir nechta AYoQShlar sohibi sifatida ko‘rilgan viloyat hokiming o‘g‘li Sharofiddin Husenovning O‘zbekiston Milliy havfsizlik xizmati xodimlari tarafidan so‘roq qilinayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Farg‘ona.ru nashrida e‘lon qilingan ana shunday xabarlardan biriga ko‘ra¸ Sharofiddin Husenovga O‘zbekiston jazo qonunining bir nechta bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

"Bu ayblovlardan biri yonilg‘i mahsulotlarini olib sotish bilan bog‘liq" deyiladi Farg‘ona.ru maqolasida.

Viloyat hokimi o‘g‘lining 2009 yilda banklardagi tovlamachiligi uchun ham jinoiy javobgarlikka tortilgani aytiladi.

Buxorodagi ismi aytilishini istamagan mahalliy telejurnalistga ko‘ra¸ benzin taqchilligi kartasi 1996 yildan beri viloyatni boshqarayotgan umri uzun hokim Samoydin Husenovga qarshi ishlatilishi mumkin.

Aksar buxoroliklar va ulardan biri bo‘lgan Ibrohim aka nazarida¸ Islom Karimovning eng ishongan hokimlaridan biri Samoydin Husenov hali beri lavozimidan qimirlamaydi.
XS
SM
MD
LG