Линклар

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar o‘ziga qarashli turar-joy binolarini ijaraga berish payti ijarachi bilan shartnoma tuzishi va uni notarial tartibda rasmiylashtirishi kerak.

Mazkur talabni bajarmagan mulk egasi esa jarimaga tortiladi.

Bu yuzadan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolik, Uy-joy va ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodekslarga ijara shartnomasi tuzmaganlik uchun jarima tartibi bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritdi.

Newsuz.com sayti ma‘lumotiga ko‘ra, mazkur tartib orqali mulk egalarinining ijara orqali topayotgan daromadlarini soliqqa tortish ko‘zda tutilgan.

2012 yilning 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaxslarning o‘z mulkini ijaraga bergan holatida soliq stavkalari ijara haqining eng kam qiymati ko‘rinishida belgilanadi.

Toshkentda faoliyat yuritayotgan soliq maslahatchilaridan birining aytishicha, shu paytgacha aksar mulkdorlar o‘z daromadlarini soliqdan yashirib kelgani uchun yangi tartib yo‘lga qo‘yilayapti.

- Endilikda mulkni ijaraga bergan holatda ijaraning minimal stavkasi o‘rnatilayapti. Sabab shu paytgacha shartnoma tuzilayotganda ijarachi bilan ijaraga oluvchi kichkina summani ko‘rsatib qo‘yishar edi ya‘ni nalogdan qochib. Shuning uchun endilikda minimalniy summa ko‘rsatiladi. Davlat tomonidan kami belgilab qo‘yiladi. Haqiqatan shunchadan kam bo‘lishi kerak emas. Hozir buni qancha miqdorda bo‘lishi ma‘lum emas. Dekabr oxirida qo‘shimcha tablitsalar ko‘rinishida chiqadi. O‘shanda aniq ko‘rish mumkin, dedi soliq maslahatchisi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG