Линклар

O‘zbekistonda yangi rusumdagi mashina chiqariladi


Asaka avtomobil zavodida yig'ilishi rejalashtirilgan Chevrolet Cobalt mashinasi.

Asaka avtomobil zavodida yig'ilishi rejalashtirilgan Chevrolet Cobalt mashinasi.

2013 yildan boshlab yangi rusumdagi Chevrolet Cobalt Asaka avtomobil zavodida yig‘iladi.

Bu haqda “Shevrole” shirkatining Rossiyadagi ijrochi direktori Aleksandr Moynov ma‘lum qildi.

Uning aytishicha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan sedan rusumidagi Chevrolet Cobalt asosan Rossiya, Braziliya, Xindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi kabi rivojlanayotgan davlatlar uchun mo‘ljallangan. Mazkur avtomobil ixcham va kamxarj bo‘ladi. Chevrolet Cobaltning dastlabki nusxasi Moskva avtomobil salonida 2012 yilning avgust-sentyabr oylarida namoyish etiladi.

Aleksandr Moynov loyihaning taxminiy hajmi 136 million dollarni tashkil qilishini aytdi. Chevrolet Cobalt Andijon viloyati Asaka shahridagi avtomobil zavodida ishlab chiqariladi. Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, Asaka avtomobil zavodi yiliga mazkur rusumdagi 100 ming avtomobilni sotuvga chiqaradi.

Yangi avtomashina “V” sinfi platformasiga mansub bo‘lib, 1,4 kub hajmdagi to‘rt slindirli EconoFlex dvigateliga va olti bosqichli “avtomat”ga ega bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, avtomobil etanolda ham, benzinda ham, etanol va benzin aralashmasida ham harakatlana oladi. Bunday avtomobillarni Braziliyada “gibrid”, AQShda esa Flex-Fuel deb atashadi.

Yonilg‘ining mazkur turida harakatlanuvchi avtomobillar dunyoda unchalik ko‘p emas. Wikipedia saytidan olingan ma‘lumotda aytilishicha, dunyoda bu kabi avtmobillar soni 230 milliondan oyshmaydi. Flex-Fuel lar bo‘yicha AQSh dunyodagi birnchi o‘rinlardan birini egallaydi. Wikipedia ma‘lumotiga ko‘ra, birgina 2006 yilda AQShda bu rusumdagi 6 million avtomobil sotilgan. Amerikaliklarning bu rusumdagi avtomobillarga qiziqishi etanolning 1 litri 0,19 tsent ekani bilan izohlanadi.

“Shevrole” shirkatining Rossiyadagi ijrochi direktori Aleksandr Moynov O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Chevrolet Cobalt AQSh bozorida sotilayotgan mazkur rusumdagi avtomobillarga o‘xshamasligini aytdi. Asaka zavodida chiqariladigan sedan Chevrolet Aveodan kattaroq, Chevrolet Cruzedan kichikroq bo‘ladi.

“Avtonovosti dnya” sayti tarqatgan ma‘lumotda esa O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan Chevrolet Cobalt AQShdagi General Motors shirkatining Braziliyadagi bo‘limi tomonidan loyihalangani aytiladi. Bu avtomobil 2010 yilda AQSh va Yevropada ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan Chevrolet Cobaltdan salon uzunligi va yukxonasining kattaligi bilan farq qiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan Chevrolet Cobaltning uzunligi 4479 mm.ni, yukxona hajmi 563 litrni tashkil etadi.

“Braziliyalik injenerlar o‘ta jozibali va bejirim avtomobilni yaratmagan bo‘lsalar-da, Chevrolet Cobalt amaliy va funktsional mashinadir”, deb yozadi “Avtonovosti dnya” sayti.
XS
SM
MD
LG