Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:19

O‘zbekiston havo yo‘llari o‘ninchi Airbus A320 samolyotini qabul qilib oldi


Airbus konsortsiumi O‘zbekiston havo yo‘llari aviashirkatiga A320 rusumidagi o‘ninchi yo‘lovchi samolyotni yetkazib berdi.

O‘zbekiston havo yo‘llari shirkatining Internet saytida e‘lon qilingan xabarga ko‘ra, bu bilan Airbus o‘rta olislikka uchadigan A320 rusumidagi 10 ta samolyot yetkazib berish haqidagi shartnomani to‘liq bajargan.

Mazkur samolyotlar 2010 yil iyul oyidan beri O‘zbekiston havo yo‘llari shirkatining xalqaro reyslarida ucha boshlagan.

Hozirda yangi samolyotlar Bishkek, Dehli, Lahor, Krasnodar, Moskva, Olmaota, Tel-Aviv, Tyumen kabi shaharlarga parvoz qilmoqda.

O‘zbekiston havo yo‘llari ko‘p yillardan beri eski samolyotlarni yangilariga almashtirib kelayapti.

Ayni paytda O‘zbekiston havo yo‘llari Amerikaning Boing shirkatiga ikkita “Boing-787 Dreamliner” va to‘rtta “Boing-767” rusumidagi zamonaviy va tejamkor samolyotlar yetkazib berishga buyurtma bergan.
XS
SM
MD
LG