Линклар

logo-print
Bolalikning beg‘ubor, betashvish chog‘larini qo‘msiyman. O‘zga yurtlarda qorin g‘aminda yashar ekanman, sog‘inaman bolaligimni. Yashash uchun kurash deya begona yurtga kelib, umr o‘tib ketishini kim o‘ylapti deysiz. Ba‘zan bolalikka xayolan sayr etib, bugungi o‘tayotgan kunimning naqadar og‘irligin his etaman.

O‘ksinaman. O‘zimizni boshqa millatlar bilan solishtira ketib o‘skinaman. "Qaysi qilgan gunohlarimiz uchun millatimiz boshida bu qoro kunlar?" deb o‘ksinaman.

Javob topa olmiy, boshim xam bo‘lib, yer chizib, uzoq vaqt o‘zimga kela olmiyman.

Bu jumboqga javob, yo‘l topa olmiy, chuqur xo‘rsinib qo‘yaman. Bardoshimiz chegarasizligiga besh ketaman.

Mirshab hech bir sababsiz biror fuqaroni ketiga tepsa, haligi tepki yegan sho‘rlik “iyi, kechirasiz, oyog‘ingiz og‘rimadimi” deydigan xalqmiz bugun.

"Ahvolimizni ko‘rgan Nobel bezovta bo‘lib, go‘ridan chiqib, o‘zi bizni mukofotlamasa edi hali" deb, o‘zimcha kulgiga olaman.

Nima uchun o‘zbek millati non topish uchun dunyoga tarig‘day sochilib ketdi? Mani ko‘p savollar qiynaydi. Juda ko‘p savollar. Javobsiz savollar.

"Rasiyga mustamlaka bo‘lmasdan, Ovro‘po davlatlariga mustamlaka bo‘lib, keyin mustaqil bo‘lganimizda balki boshqacha bo‘larmidi?" deb o‘ylayman.

Ha, endi yo‘qchilik yigitni sindirar deganlaridek, xayolga kelmagan fikr yo‘qda.

Balki shunda bugun “baliq” bo‘lmasmidik, balki “qo‘y” bo‘lmasmidik diymanda.

"Davlat tepasinda muqim turgan, xalq uchun yashayman deb qo‘liga Qur‘on olib ont ichgan Kottamiz 21 yil ichinda nima karomat ko‘rsatdi o‘zi?" deb man xayron.

Kottamiz qizlari bir qop pulga dong‘i chiqqani uchungina bir to‘p teparni yoki ashulachini O‘zbekistonga olib kelsa, yana man xayron.

“Zeromaks” voqiyalarini bugun bilmagan o‘zbek yo‘q. Mirodilni “krayni” etib, “chana”ga o‘tirg‘azib, turmaga sirg‘antirganida nafaqat man, hamma xayron bo‘ldi-yov.

O‘zbekiston kimlarning qo‘lida qolayotganini bilmin halak bo‘laveraman.

Kottamizning diktatorlik siyosatin borishi shu bo‘lsa, bir kun kelib pichoq etdan o‘tib, suyakka taqaladi bu ketishda.

Bir kuni ba‘zi bir do‘stlar Kottamizning siyosatindan jig‘ibiyron bo‘lib, Solih janoblariga "qachon xalqni zulumdan ozod etasiz?” degan savoliga ko‘zim tushib qoldi.

Bugun Rasiy muxolifatidagi oddiy xalqni ko‘rib, ular bilan o‘zimizni solishtirib, aytgim keladi “Solih biz orzu qilgan hayotni qog‘ozga o‘rab, cho‘ntagimizga solib qo‘ymaydi-ku”deb.

He, yo‘q. Aytganim bilan baribir birov eshitarmidi?

--------

Sotivoldi akaning jiyani Gostrboy.

Moskva, 2011 yil, dekabr.

P.S. O‘zini Sotivoldi akaning jiyani Gostrboy deb tanishtirgan muxlisimizning yozish usuli, ba‘zi so‘zlar talaffuzini o‘zgartirmasdan e‘tiboringizga havola qilyapmiz.
XS
SM
MD
LG