Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:35

Karim Benzema "El klasiko"dagi eng tez golga mualliflik qildi


"Barselona" klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi
"Barselona" klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi
Madridning "Real" futbol klubi hujumchisi Karim Benzema "El klasiko" tarixidagi eng tez urilgan golga mualliflik qildi. U 10 dekabr kuni o'tgan uchrashuvda "Barselona" klubi darvozasini birinchi bo'limning 23 soniyasidayoq zabt etishga muvaffaq bo'ldi.

Eslatamiz, 10 dekabr kuni Madridda Ispaniya chempionatining ikki giganti - bir-biri bilan azaliy raqobat qiluvchi Kataloniyaning "Barselona" va Madridning "Real" klublari o'zaro bellashishgan edi. "El klasiko" turkumiga kiruvchi ushbu ushrashuvda mezbonlar birinchi daqiqadayoq hisobni ochishdi. Bunga "Barselona" jamoasi darvozaboni Viktor Valdes yo'l qo'ygan qo'pol xato sabab bo'ldi, desak adashmaymiz.
Ispaniya Ligasi titanlari, azaliy raqobatchilar bo'lmish Kataloniyaning "Barselona" va Madridning "Real" jamoalari o'rtasida o'tadigan uchrashuvlarga "El klasiko" nomi berilgan.

Tezkor goldan gangib qolmagan kataloniyaliklar o'yin so'nggigacha hisobni 1:3 ga yetkazib, g'alabani Madriddan o'z uyiga olib ketishga muvaffaq bo'ldilar. "Barsa" tarafidan urilgan gollarga Aleksis Sanches, Xavi va Sesk Fabregaslar mualliflik qilishdi.



Shunday qilib, "Barselona" jamoasi Ispaniya chempionatidagi ochkolari hisobini 37 ga yetkazdi va "Real Madrid" bilan tenglashib oldi. Biroq "Real"ning hisobida yana bir uchrashuv bor.

Futbol ishqibozlari navbatdagi "El klasiko" uchrashivini 2012 yilning 22 aprelida ("Kamp Nou", Barselona) tomosha qilishlari mumkin.

Eslatamiz, Ispaniya chempionatida doirasida o'tkazilgan so'nggi yettita "El klasiko"ning oltitasida "Barsa"ning qo'li baland kelgan, bittasida esa durang natijasi ko'rsatilgan edi.
XS
SM
MD
LG