Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:26

O'ta maxfiy Coca-Cola formulasi bankdan muzyega ko'chirildi


O'ta maxfiy sir hisoblangan Coca-Cola ichimlik suvi formulasi 1925 yildan buyon saqlanib kelgan bank qutichasidan "World of Coca-Cola" muzeyiga ko'chirildi. Bu haqda ichimlik suvi shirkati vakillari habar berishdi.

- Bu voqea shirkatimiz tarixidagi muhim kundir. Coca-Cola ning ixtiro etilganiga 125 yil to'lganini nishonlar ekanmiz, formulaning muzeyga ko'chirilishi biz uchun yanada katta ahamiyat kasb etadi, - deydi shirkat rahbari Muxtar Kent.

Coca-Cola ichimligi retsepti 1886 yili AQShning Atlanta shahrida faoliyat olib borgan farmasevt Jon Pemberton tarafidan ixtiro qilingan. Ko'pchilikga yo'qib tushgan ichimlik formulasini maxfiy saqlashga qaror qilingan.

Bir necha yillar davomida ichimlik retsepti faqat og'izdan-o'gizda o'tib kelgan va hech qayerdan yozma ravishda ushlab turilmagan. 1919 yilda esa Coca-Cola shirkati rahbari mahalliy bankdan katta miqdorda qarz oladi va kafolat sifatida ichimlik formulasini bankdagi qutichaga solib qo'yadi.

Qarz 1925 yilda to'lig'i bilan to'langan bo'lsada, formula shu kungacha bank qutisida saqlanib qoldi. Xabarlarga ko'ra, bugungi kunda ham formula sanoqli kishigagina ayon.

Muzeyda ham ichimlik retsepti qattiq nazorat ostida saqlanishi aytilmoqda.

Coca-Cola shirkati bergan ma'lumotga ko'ra, har kuni dunyoning qariyb 200 mamlakatida Coca-Cola markasiga egan bo'lgan 1,7 milliard mahsulot sotiladi.
XS
SM
MD
LG