Линклар

Rossiyadagi eng badavlat shaxslardan sanalgan Mixail Proxorov 2012 yil mart oyiga belgilangan prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘yish qarorini e‘lon qildi.

- Men bu borada bir qarorga keldim va umrim bo‘yi qabul qilgan eng muhim qarorim shu bo‘lsa kerak. Men prezidentlikka da‘vo qilmoqchiman. Eslasangiz¸ Kreml meni va do‘stlarimni Pravoye delodan chiqarib tashladi va biz qilmoqchi bo‘lgan ishlarimizni qila olmay qoldik. Men yarim yo‘lda to‘xtaydigan odam emasman¸ dedi Mixail Proxorov 12 dekabr kungi baënotida

Rossiyadagi Polys Gold metall qazib chiqarish shirkati xo‘jayini bo‘lgan 46 yashar Proxorov Forbes jurnali hisobicha¸ Rossiyaning eng boy odamlaridan biri va 2010 yilda uning taxminiy boyligi 18 milliard AQSh dollarini tashkil etgan.

Proxorov¸ 4 dekabr kungi parlament saylovlarida bir foizcha ovoz qozongan Pravoye delo o‘ngchi partiyasining sobiq yetakchisi. U sentyabr oyida partiya raisligidan chetlatilgan edi.
XS
SM
MD
LG