Линклар

Qirg‘iziston parlamenti – Jo‘g‘o‘rqu Kenesh spikeri Akmatbek Keldibekov kecha kechga yaqin iste‘foga chiqajagi to‘g‘risida e‘lon qildi.

Keldibekovning bunday qarorga kelishiga o‘z shaxsi atrofida parlmentda bo‘layotgan bahs-munozaralar sabab bo‘ldi.

“Ata Meken” partiyasi deputatlari o‘tgan haftada Keldibekovning jinoiy guruhlarga aloqadorligini iddao qilgan va shu yuzadan maxsus tekshiruv boshlash tashabbusini ilgari surgan edi.

Keldibekov faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan parlament komissiyasi raisi Kanibek Imanaliyevning Ozodlikka bildirishicha¸ o‘tkazilgan surishtiruv davomida Keldibekov maslahatchi va ërdamchilarining jinoiy guruhlarga aloqadorligini ko‘rsatuvchi dalillar to‘plangan.

Surishtiruv natijasida¸ xususan Keldibekovning joriy yilda Dubay¸ Istanbul va Astraxanga qilgan xususiy safarlari davomida Qirg‘izistondagi jinoiy guruhlardan birining boshlig‘i Qamchi Kolbayev bilan uchrashgani isbotlangan.
XS
SM
MD
LG