Линклар

logo-print
Kanada hukumati mamlakat fuqaroligini qabul qilish marosimida ayollarning yuzlarida niqob bilan qatnashishini ta‘qiqladi.

Immigratsiya vaziri Jeyson Kenni rasmiy ravishda Kanada fuqaroligini qabul qilayotgan ayollar qasamyod qilayotgan paytda yuzlariga niqob taqqani yuzasidan sudya va parlament a‘zolaridan shikoyat tushganini ma‘lum qildi.

Immigratsiya vaziri e‘lon qilgan qaror yuzasidan fuqarolarning sudga murojaat qilishi kutilmoqda.

Ularning fikricha, bunday cheklov Kanada konstitutsiyasining din erkinligi haqidagi bandiga ziddir.
XS
SM
MD
LG