Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:33

Milliarder Proxorov Putinga harifmi yo tirgak?


Rossiyalik milliarder Mixail Proxorov 2012 yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga nomzod sifatida qatnashish niyatida ekanini bildirdi.
Rossiyalik milliarder Mixail Proxorov 2012 yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik sayloviga nomzod sifatida qatnashish niyatida ekanini bildirdi.
Rossiyalik milliarder Mixail Proxorovning kelasi yil bahorda o‘tadigan prezidentlik sayloviga o‘z nomzodini qo‘yajagi to‘g‘risidagi bayonoti Rossiyada shov-shuv uyg‘otdi.

Kuzatuvchilarning boshi qotgan: milliarder Putinga harif bo‘ladimi yoki tirgak?

Proxorovning bayonoti Rossiya jamoatchiligi uchun kutilmagan bayonot bo‘ldi. U o‘z rejasini e‘lon qilganidan bir soat o‘tib-o‘tmayoq blogerlar milliarderni Kreml qo‘lidagi qo‘g‘irchoqqa chiqarib qo‘ydi: Proxorov Putinga tirgak bo‘lmoqchi.

Milliarder 12 dekabr kuni jurnalistlar oldida qilgan chiqishi chog‘ida saylovga kirar ekan, yoshlar orasidagi o‘rtahollar sinfiga tayanajagi to‘g‘risida gapirdi.

- Men o‘z hayotimdagi eng jiddiy qarorni qabul qildim. Men prezident sayloviga qatnashaman. Esingizda bo‘lsa, Kreml meni va mening safdoshlarimni “Pravoye delo” partiyasidan chetlatgan. Va biz ko‘nglimizdagi ishlarni amalga oshira olmadik. Boshlab qo‘ygan ishimni tashlab ketadigan odam emasman, - dedi Mixail Proxorov.

Rossiyalik siyosatshunos Marina Litvinovichning fikricha, Proxorovning “Pravoye delo” partiyasi tufayli Kremlga bo‘lgan “arazi” jamoatchilik fikrini chalg‘itish uchun qilingan o‘yin, xolos.

10 dekabr kuni Moskvaning Bolotnaya maydonida bo‘lib o‘tgan ko‘p ming kishilik norozilik mitingini nazarda tutar ekan, Litvinovich o‘z blogida Proxorovning o‘z nomzodini ilgari surishi Bolotnaya maydoni potentsialini qo‘lga olish uchun Kreml qilayotgan harakatdir, deb yozdi.

Litvinovich kabi skeptiklar siyosat bilan “o‘ynashgan” Xodorkovskiyning ko‘rgiliklarini jamoatchilik yodiga solmoqda. Ularning fikricha, Proxorovning 18 milliard dollarlik mablag‘i Kreml bilan o‘ynashib, gardkamga tikadigan boylik emasdir.

Biroq “Panorama” tadqiqot markazi direktori Vladimir Pribilovskiy fikricha, hozircha xulosa qilishga erta.

- Aniq bir narsa deb yuborish qiyin. Agar u nomzod sifatida ro‘yxatga olinsa, demak, u chindan ham Surkovning ruxsati bilan o‘yinga kirayotgan bo‘lib chiqadi. Agar ro‘yxatga olinmasa, demak, bu ish Proxorovning o‘zidan chiqqan tashabbus bo‘ladi, - dedi Pribilovskiy.

Vladislav Surkov – Rossiya prezidenti ma‘muriyati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Kremlning norasmiy ideologi hisoblanadi.

Siyosatshunos Dmitriy Orlov Proxorovning Surkov bilan maslahatlashib yoki uning ko‘rsatmasi-topshirig‘iga binoan ish ko‘rayotganiga ishonmaydi. Uning aytishicha, Proxorovning Surkov bilan o‘zaro munosabatlari o‘ta yomondir.

“Pravoye delo” partiyasining sobiq hamraisi Leonid Gozman esa quyidagicha fikr bildirdi.

- Agar Proxorov saylovga Kreml bilan kelishib otlangan bo‘lsa, bir narsadan umid qilishga hojat yo‘q. Jamoatchilikni aldashga urinishning keragi yo‘q. Proxorov hassasini yana bir marta yo‘qotishdan ehtiyot bo‘ladi, deb umid qilaman. Lekin qo‘lidan kelarmikan? Nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun 2 million saylovchining imzosini yig‘ishga uning ham tashkiliy, ham moliyaviy imkoniyatlari yetarli. Biroq muhimi bu emas. Muhimi shuki, u saylov kampaniyasini shiddat bilan olib bora oladimi, Bolotnaya va mamlakatning boshqa maydonlarida yig‘ilgan norozilik potentsialini bir joyga to‘play biladimi, rejimga real qarshi chiqa oladigan nomzod bo‘la oladimi? Bo‘la olsa, uning prezident bo‘lish shansi bor, - dedi Leonid Gozman.
XS
SM
MD
LG