Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:29

Fransiyada 2011 yilning eng yaxshi futbolchisi aniqladi


Karim Benzema (ch.) jamoadoshi Frenk Riberi bilan.
Karim Benzema (ch.) jamoadoshi Frenk Riberi bilan.
Fransiyaning 2011 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb Madridning "Real" klubida faoliyat olib borayotgan Karim Benzema topildi. Bu haqda an'anaviy tarzda yil futbolchisini aniqlovchi "France Football" nashri xabar berdi.

19 dekabr kuni 24 yoshini qarshilovchi Karim Benzema 2011 yili futbolda katta yutuqlarga erishgani rost. U o'zining yaxshi ko'rsatkichlari bilan "Real"ning asosiy tarkibidan o'rin oldi va muntazam ravishda gollar urmoqda.

Eslatamiz, 10 dekabr kuni o'tgan "El klassiko" uchrashuvida, Karim Benzema yangi rekord o'rnatgan edi. U "Barsa" darvozasini uchrashuv birinchi bo'limining 53-soniyasidayoq ishg'ol etdi.

Fransiya terma jamoasida ham asosiy tarkibga kirib bo'lgan Benzema, fransuzlarni 2012 yilda Polsha va Ukrainada o'tadigan Yevro 2012 chempionatiga chiqishida ham o'z hissasini qo'shdi. Yevro 2012 da Fransiya "D" guruhida Ukraina, Angliya va Shvetsiya bilan bellashadi.

Karim Benzemaning 2011 yildagi o'yinidan lavhalar (Benzema muhislari tarafidan tayyorlangan):


O'tgan yili Fransiyaning eng yaxshi futbolchisi deb "Manchester Siti" o'yinchisi Samir Nasri tanlangan edi.

"France Football" nashri yilning eng yaxshi murabbiyi va jamoasini ham aniqlab berdi. Unga ko'ra, eng yaxshi murabbiy deb "Lil" jamoasi yetakchisi Rudi Garsiya tanlandi. Yilning eng yaxshi jamoasi esa "Lil".
XS
SM
MD
LG