Линклар

logo-print
iPad, iPod, iMac kabi murakkab va jozibador texnologiya "gadjet"larini ishlab chiqargan Apple shirkatining ta'sis hujjatlari kim oshdi savdosida 1,6 million AQSh dollariga sotildi.

Nyu-Yorkda o'tgan savdo haqida France Presse axborot agentligi xabar bermoqda.

1976 yilning 1 aprelida Stiv Jobs, Stiv Vozniak va Ronald Ueyn tarafidan imzolangan bu hujjatlar "Apple Computer Company" shirkatiga asos solgan edi. Aynan shu kun tishlangan olma shirkatining rasmiy tug'ilgan kuni sifatida nishonlanadi.

Eng qiziqarlisi shuki, hujjatlar imzolanganidan so'ng 10 kun o'tib, "svejiy" ochilgan shirkatning kelajagiga ishonmagan ta'sischilaridan biri 42 yoshli Ronald Ueyn o'zining shirkatdagi 10 foizlik hissasini Jobs va Vozniakga atigi 800 AQSh dollari evaziga sotib yuboradi.

Bugun esa, oradan 35 yil o'tib, Apple shirkatining 10 foizi 35 milliard AQSh dollariga tengdir.

Kim oshdi savdosi tashkilotchilariga ko'ra, Apple ning ta'sis hujjatlari kutilganidan o'n marta yuqori narxga sotildi. Hujjatlarning eski xo'jayini ularni 90-yillarning o'rtasida sotib olgan. Ularnig saxovatli yangi xo'jayini esa ismini oshkor qilmadi.

Eslatamiz, Apple shirkati ta'sischilaridan biri Stiv Jobs joriy yilning oktyabr oyida saraton kasalligi tufayli vafot etdi. U 90-yillarda qariyb bankrot bo'lgan Apple ni qaytatdan tiriltirib, uni dunyodagi yetuk texnologiyalar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga aylantirgan.
XS
SM
MD
LG