Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:28

Gulnora Karimova "ta'qiqlangan" artist Yulduz Usmonovani tabrikladi


"Fond Forum O'zbekiston" tashkiloti yetakchisi, O'zbekiston prezidenti to'ng'ich qizi Gulnora Karimova O'zbekistonda konsert berish huquqidan mahrum qilingan taniqli artist Yulduz Usmonovani tug'ilgan kuni bilan tabrikladi.

O'zbekiston Halq artisti bo'lsa-da, bir necha yildan beri O'zbekistonda konsert berish litsenziyasidan mahrum Yulduz Usmonova 12 dekabr kuni Toshkent restoranlarining birida o'zining 48 yoshga kirishini nishonlagani haqida Facebookdagi sahifamizda aytib o'tgan edik.

Usmonovaning rasmiy saytida aytilishicha, Gulnora Karimova Halq artistiga bo'lgan tabriklarini yozma ravishda yo'llagan. Karimova tabrigini marosim olib boruvchisi o'qib eshittirgan.

Tug'ilgan kunni nishonlash marosimi o'tgan "Charog'on" restoraniga Farruh Zokirov, Mavluda Asalxo'jaeva, Jahongir Otajonov, Izzat Ibragimov kabi O'zbekiston estradasining taniqli namoyondalari tashrif buyurishgan.

Marosimda O'zbekistonda konsert berish huquqidan mahrum qilingan qiziqchi Obid Asomov ham ishtirok etganligi aytilmoqda.

Eslatamiz, Oz'bekistonda na konsertlari, na qo'shiq va kliplari qo'yilayotgan Yulduz Usmonova bir necha yildan buyon Turkiyada yashab, ijod qilib kelmoqda.

Yulduz Usmonovaning Toshkentda o'tgan tug'ilgan kunidan video:
XS
SM
MD
LG