Линклар

AQShda nashr etiladigan Time jurnali an‘anaviy “Yil odami”ni e‘lon qildi. Yakuniga yetayotgan yil odami sifatida konkret shaxs emas, mavhum “Norozi” tanlandi.

Jurnal o‘z qarorini bu yil Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida boshlanib Yevropa va AQShgacha yetib borgan hukumatga qarshi norozilik aktsiyalari kuzatilgani bilan izohladi.

Time jurnali har yili dunyodagi voqea-hodisalarga eng kuchli ta‘sir ko‘rsatgan kishini “yil odami” sifatida tanlaydi.

O‘tgan yili “yil odami” sifatida internetdagi Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Zukerberg tanlangan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG